Lippi: "Xitoy terma jamoasi JCH-2018da ishtirok etishi uchun yordam berishga harakat qilaman"
28 okt 2016 17:34
Yangiliklar
Lippi: "Xitoy terma jamoasi JCH-2018da ishtirok etishi uchun yordam berishga harakat qilaman"
Bugun italiyalik mutaxassis Marchello Lippi rasman Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi deb elon qilindi va u ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi.
"Yordamchilarim bilan tezda ishga kirishamiz. Hozir qiyin ko'rinayotgan vazifani bajarishga urinib ko'ramiz. Futbolda ilojsiz narsaning o'zi yo'q. Biz muvaffaqiyatga erishamizmi, yo'qmi, bilmayman, ammo bor kuchimizni ishga solamiz. Saralash oxirida Xitoy futboli qanchalik o'sgani malum bo'ladi. Maydonda o'z vatani uchun bor kuchini berib o'ynaydigan jismonan kuchli jamoa yaratishga urinib ko'ramiz. Taktika haqida ham unutmaymiz" - deydi Lippi.
Fikrlar