

Bugun tongda bo'lib o'tgan bahsda Ekvadorni mag'lub etgan (3:1) argentinaliklar 2018 yil Rossiya mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ishtirok etadigan bo'lishdi. 30 yoshli Leo ana shu uchrashuvda xet-trik muallifi bo'ldi.
"Olg'a, Argentina! Maqsad erishdik, 2018 yil Rossiyada ko'rishguncha", - deb yozdi Messi o'zining feysbukdagi sahifasida.

JCH-2018 saralashi. Messi Argentinani Jahon chempionatiga olib chiqdi, xayr Chili!



