Lionel Messi O'zbekiston yoshlari bilan ko'rishdi. Muhammadali O'rinboev esa "jek"ni urdi
12 okt 2024 10:17
Yangiliklar


Lionel Messi O'zbekiston yoshlari bilan ko'rishdi. Muhammadali O'rinboev esa "jek"ni urdi
O'zbekiston U-20 terma jamoasi tunda Argentina U-20 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
Mazkur bahs Argentina milliy terma jamoasi mashg'ulot bazasida o'tkazildi va uchrashuvni Lionel Messi bevosita maydon chetida tomosha qildi. O'yin tugagach Messi O'zbekiston U-20 terma jamoasi azolari bilan ko'rishib esdalik uchun suratga ham tushdi.
Terma jamoamiz sardori Muhammadali O'rinboev esa o'z futbolkasiga dastxat ham qo'ydirib oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar