Lionel Messi: “Ispaniya Kubogi doirasidagi “Levante”ga qarshi o'yin ham qiyin bo'ladi”
20 jan 2014 12:13
Yangiliklar


Lionel Messi: “Ispaniya Kubogi doirasidagi “Levante”ga qarshi o'yin ham qiyin bo'ladi”
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi, Ispaniya chempionatining 20-turidan o'rin olgan “Levante”ga qarshi safarda o'tkazilgan o'yin (1:1) xususida fikr bildirib o'tdi.
“Bizga omad etishmadi. Qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik, ammo raqibga etralicha qiyinchilik tug'dira olmadik.
Ushbu maydonda o'ynash qiyin, shunday ekan Kubok doirasidagi o'yin ham qiyin bo'lishi aniq”, - deya takidlaydi Messi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya Kubogi 1/4 finali doirasidagi “Levante” – “Barselona” o'yini chorshanba kuni bo'lib o'tadi.

Fikrlar