Lionel Messi Barselonaga kelgan ilk paytlarini esladi
23 noy 2019 12:40
Yangiliklar
Lionel Messi Barselonaga kelgan ilk paytlarini esladi
- Men Barselonada 15 kun bo'ldim, so'ngra Argentinaga qaytib ketdim. Bir necha oydan keyin qo'ng'iroq qilishdi va men ijobiy javob qaytardim. So'ngra bu erga kelib orzumni amalga oshirishga kirishdim. Bu men va oilam uchun baxt edi. To'g'risini aytsam, o'sha paytda meni qanday ulkan o'zgarishlar kutayotganligini tushunmas edim. Men hali bola edim. Mening xohishim, bu erga kelib o'ynash edi. Bu men va oilam uchun qanday mashaqqatli va qiyin ekanligini bilmasdim. Jarohat oldim, tiklanganimdan so'ng bo'lgan ilk uchrashuvimda yana jarohat oldim. Bu qiyin damlar edi, ammo menda uyga ketish fikri hayolimga ham kelmagan. Akalarim Argentinaga ketishdi, singlimning ko'nikishi esa qiyin kechdi, chunki u eng kichigi edi. Onam u bilan Argentinaga ketishga qaror qildi. Men esa yolg'iz qoldim. Ammo, men doim shu erda qolishni xohlayotganimga shubha qilmasdim, - deydi Messi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar