

Ma'lumotlarga ko'ra, Fransiya klubi "shaharliklar"ning 22 yoshli futbolchi uchun taklif qilgan 50 mln. evrolik taklifini rad etdi. "Lion" rahbariyati o'z futbolchisi transferidan kamida 83 mln. evro ishlab olmoqchi. "Manchester Siti" bunday mablag'ni to'lay olmaydi, ammo jarohat olgan Fernandino o'rniga futbolchi izlashda davom etadi.
Oldinroq, H'Dombele xizmatlariga "Barselona" qiziqayotgani e'lon qilingan edi.

