Lineker Messining Amerika Kubogidagi o'yiniga baho berdi
04 iyu 2021 20:07
Yangiliklar
Lineker Messining Amerika Kubogidagi o'yiniga baho berdi
Angliya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Gari Lineker Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining Amerika Kubogidagi o'yini haqida gapirdi.
"Messi Amerika Kubogida jarima zarbasi orqali navbatdagi golini urdi. 4 gol, 4 assist. Messi – bu shunchaki Messi", – deb yozdi Lineker.
Eslatib o'tamiz, Messi Amerika Kubogida jarima zarbasidan 2 ta gol urishga ulgurdi. U raqiblar darvozasiga umumiy 4 ta to'p kiritib, musobaqa to'purari bo'lib turibdi.
Argentina yarim finalda Kolumbiya bilan to'qnash keladi. O'yin 7 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 06:00 da boshlanadi.
Fikrlar