Lineker: "Mbappening qarori futbol qoidalarini buzishga teng bo'ldi"
22 may 2022 12:12
Yangiliklar
Lineker: "Mbappening qarori futbol qoidalarini buzishga teng bo'ldi"
Sobiq futbolchi Gari Lineker hujumchi Kilian Mbappening PSJda qolish qarori haqida gapirdi.
Parijliklar forvardi "Real"ga rad javobini bergan holda klubi bilan shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirdi.
"Ispaniya futbolini yaxshi ko'raman, shu sababli Mbappening PSJda qolish qarorini sport qoidalarini buzishga teng bo'ldi deb ayta olaman.
"Real" va "Barselona" doimo superyulduzlarga etibor bergan va ular uchun katta summalar tikkan. Ulardan boshqa klublarning imkoniyatlari yuqori emas. Ammo har doim ham sen istagandek bo'lavermaydi", - deb yozadi sobiq futbolchi o'z tvitterida.
Fikrlar