So’nggi yangiliklar

10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  10 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  9 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  22 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1

Lincenziyalash muammolari Yangiliklar

Lincenziyalash muammolari

PFL oliy liga klublari uchun o'tkazgan yig'ilishda Farhod Magometov bazi muammolar to'g'risida to'xtalib o'tdi.
Uning eng muhim aytgan gaplarini yana bir bor tahlil qilgan holda klublarga foydasi tegishi mumkin bo'lgan malumotlarni aynan ular uchun keltirib o'tamiz.

PFL direktori yig'ilishda klublarni licenziyalash borasidagi ishlar yaxshi emasligini keltirib o'tdi. U aynan shu jihat bo'yicha OCHL uchun ballar to'plashda salbiy natija qayd etganimizni, ishlarni to'g'ri yo'lga qo'ymagan jamoalarning xatosi qimmatga tushganini aytdi. Biz licenziyalashga oddiy qarash kerak emasligi haqida bir necha marta maqola yozgandik. Mana endi, bu bizga qanchalik ziyon keltirganini ko'rib turibmiz. Hali licenziyalashga maqola oxirida yana qaytamiz.

Ikkinchi asosiy kamchilik sifatida stadionlar keltirib o'tildi. Bu borada “A” toifali stadionlar soni bo'yicha qolgan mamlakatlardan ortda qolib ketganimiz etirof etildi. Hozir 6ta shunday stadionga egamiz. Qolgan stadionlarda esa zarur ishlar amalga oshirilmayapti. Samarqanddagi stadionni OFK “A” toifasiga kiritishga qaror qilgan, faqat buning uchun yoritish tizimi ishlashi va uning kafolati kerak bo'lgan. Biroq kerakli ishlar vaqtida qilinmadi. Oqibatda OFKning bizga bo'lgan ishonchi tobora yo'qolib bormoqda. SHuningdek, moliyaviy hujjatlarni tayyorlashda klub buxgalterlari xato qilayotgani to'g'risida to'xtalib o'tishdi.

Magometov klublar o'z ishini biladigan xodimlarni ishga olishni alohida takidladi. “Buxoro”ning esa bir legioner bilan yuzaga kelgan muammosi tufayli PFL 6 ochko olib tashlashga qaror qilganidan keyingina buxoroliklar qarzni to'lashgani tanqid ruhida takidlandi. Haqiqatdan ham, ish FIFAga etib borib, rasmiy xat kelgunga qadar pulni to'lash haqida klub rahbariyati o'ylab ko'rmagan.

O'zbekiston Kubogi finalining neytral maydonda o'tkazilishi to'g'ri qaror bo'ldi. CHempionatda davralarning xuddi Germaniya va Italiyadagi singari o'ynalishi ham yaxshi bo'ldi. CHunki o'tgan yillarda birinchi davrani tugatgan jamoalar hech qancha vaqt o'tmasdan o'zaro to'qnash kelishayotgandi. Endi har bir raqib bilan uchrashuv orasi deyarli teng vaqtda bo'ladi.

2013 yilgi mavsumdan boshlab Osiyo Kuboklarida faqatgina OFKning tegishli licenziyasiga ega klublar qatnasha olishi haqida ancha avval malum qilingandi. SHu sababli mahalliy associaciyalarga qay tariqa licenziyalash to'g'risidagi barcha malumotlar 2011 yil boshlarida jo'natilgan. Associaciyalar klublar bilan bu narsalarni ko'rib chiqishlari va licenziyaga ega bo'lish uchun barcha bandlarni bajarishlari zarur edi.

Licenziya shartlarini bajarmagan klublarga milliy chempionatda o'ynashga ham ruxsat berilmaydi. Har holda, xorijda aynan shunday qoidaga amal qilinadi. Bizda buni bajarmagan klublar ko'p, lekin ularga oliy ligada o'ynash man etilmagan. Oldin hujjatlarni ko'zbo'yamachilik bilan to'g'rilashga harakat qilgan klublar endi licenziyalash shartlarini bajara olishmadi.

Keling, shu o'rinda qisqacha klublar qanday talablarni bajarishi va nimalarga ega bo'lishi haqida malumot berib o'tsak. Bundan oldin ham ushbu bandlarni yozib o'tgandik. Biroq jamoalarimiz uni bajarishni uddalay olishmadi. Xo'sh, aslida licenziyalashdan o'tish shunchalik qiyinmi? O'quvchilar buning unchalik qiyin emasligini o'zlari bilib olishadi.

SPORT BANDI
Yoshlar futbolining rivojlanish dasturiga ega bo'lishi
OFK har doim o'smirlar va yoshlar futboliga katta etibor qaratib kelmoqda. SHu sababli ham ilk band aynan bolalar futboliga oid dasturga ega bo'lish bilan boshlangan. Har bir klub bunday rivojlanish dasturlariga ega bo'lishi shart. Bu eng kamida 3 yildan 7 yilgacha bo'lgan muhlatda turli yosh toifasidagilarni qamrab olishi lozim. Etiborli tarafi shundaki, OFK nafaqat yoshlar jamoalariga ega bo'lish shartligini, balki ularning hamisha o'sib, taraqqiyotga erishishini ham istamoqda. Yoshlar futbolini rivojlantirish dasturiga ko'ra, har bir jamoa barcha texnik jihozlar bilan taminlangan bo'lishi ham kerak. Texnik, mamuriy va infratuzilma jihatlardan biror muammo bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi.

Bu jihat bo'yicha licenziyadan o'tkazish tartibini licenziya beruvchi tashkilot OFKning umumiy qoidalari asosida ishlab chiqishi ham mumkin. Lekin bu umumiy talabga zid kelmasligi kerak.

Yoshlar jamoalari
Albatta, har bir jamoaning yoshlar tarkiblari ham faoliyat olib borishi zarur. Imkon qadar ularni bir hududda tarbiyalab borgan maqulroq. OFK tavsiyasiga ko'ra, turli yoshgacha bo'lgan jamoalarning quyidagicha tartibda uchrashuvlarda maydonga tushishi aytib o'tiladi:
- 17, 19 va 21 yoshgacha bo'lgan jamoalar bir mavsumda 40dan ortiq rasmiy o'yinlarda maydonga tushmasligi zarur
- 13 va 15 yoshgacha bo'lgan jamoalar bir mavsumda 30dan ortiq rasmiy o'yinlarda maydonga tushmasligi zarur

Umuman olganda, o'z dasturiga ega bo'lmagan bemalol OFKning bolalar va o'smirlar futboli haqida chiqargan kitobidan foydalanishlari ham mumkin. O'sha kitobda qisqa bo'lsa-da, barcha yoshdagilar uchun qanday normativlar belgilangani va boshqa narsalar qayd etilgan.

Licenziya beruvchi tashkilot yoshlar jamoalar soniga minimal talab qo'yishi, o'zlari tavsiya qilgan musobaqalarda qatnashish va futbolchilarni rasmiy ro'yxatdan o'tkazish singari jihatlarni shart etishi mumkin.

Futbolchilarga tibbiy g'amxo'rlikning alo darajada bo'lishi
Asosiy tarkibda o'ynayotgan barcha futbolchilar doimiy tarzda nazorat qilib turilishini taminlash shart. Bunda ham barcha qulayliklar va texnik apparatlar bo'lishi lozim. OFK futbolchilarning tibbiy pasporti ro'yxatdan o'tkazishning shartli bir qismi bo'lishini maqullaydi. Tibbiy tekshiruvlar malakali doktorlar tomonidan olib borilgani haqida tasdiqnoma bo'lishi ham talab qilinadi. Yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish paytida bunga alohida etibor qaratish zaruriyati mavjud. Yosh futbolchilar uchun esa alohida belgilangan qoidalar ishlab chiqilgan bo'lib, bu OFKning maxsus yo'riqnomasida keltirib o'tilgan. O'zi bu tizim yaxshi yo'lga qo'yilgan. Tibbiy tekshiruvlarni CHig'atoydagi maxsus guruh o'tkazmoqda.

Professional futbolchilar rasmiy (yozilgan) shartnomaga ega bo'lish

Har bir jamoa professional futbolchilar bilan yozma tarzda imzolangan shartnomaga ega bo'lmog'i darkor. Unda barcha savollarga aniq-tiniq javob berilishi lozim. Aks holda, keyinchalik futbolchi va klub o'rtasida kelishmovchilik kelib chiqish ehtimoli ortadi. Bu borada licenziya beruvchi tashkilot FIFA qoidalari asosida minimal talablarni ishlab chiqishi mumkin. Bunda futbolchilar sonini cheklash, shartnoma bandlarini belgilash singari omillarni kiritsa bo'ladi.

Hakamlik masalalari va o'yin qoidalari
Uchrashuvlar davomida hakamlar bilan munosabatda hurmat saqlanishi va futbolchilarning o'yin qoidalaridan to'liq xabardor bo'lishlarini taminlash maqsadida malum vaqt oralig'ida hakamlar korpusi yordamida seminarlarni o'tkazib turish tavsiya qilinadi. Bunda umumiy o'yin qoidalari, o'zgarishlar, tortishuvli vaziyatlar muhokama etilib, savol va javoblar ruhida anjumanni tashkil etish mumkin. Licenziya beruvchi bunday seminarda ishtirok etganlik to'g'risida hujjat talab etishga ham haqli.

Irqiy tenglik tajribasi
Irqchilik hamon jamiyatdagi eng zararli illatlardan biri bo'lib turibdi. Futbolda barcha irqi, dini, ko'rinishidan qati nazar teng munosabatga haqli. OFK ushbu jarayonni klublar va mahalliy associaciyalar yordamida ijobiy ko'rinishga keltirishga harakat qilmoqda.

INFRATUZILMA BANDI
OFK klublar musobaqasi uchun tasdiqlangan stadionga ega bo'lish
Talab darajasidagi stadionga ega bo'lish ham barcha klublarga shart etib belgilangan. Bu borada licenziya beruvchi o'zining minimal talablari bayon qilingan hujjatni ishlab chiqish imkoniyatiga ega. Lekin stadionlarni istalgan paytda inspekciya qilish huquqi baribir OFKning o'zida saqlanib qoladi. Bunda OFKning CHempionlar ligasi va OFK Kubogi musobaqalarini o'tkazilgan mo'ljallangan stadionlar uchun qo'ygan talablari mos keladi. Unga ko'ra, stadionda jamoalar, hakamlar, muxlislar, jurnalistlar, yuqori martabali mehmonlar, TV va radio xodimlari uchun barcha qulayliklar yaratilishi shart. Xavfsizlikning taminlanishi ham alohida ahamiyatga ega bo'lgan bandlardan biridir. O'zi stadionni tekshirish shartlari bir necha sahifadan iborat. Bu borada eng to'g'ri baho OFK komissiyasi tomonidan berilgan. Unga ko'ra, hozirgi paytda faqatgina beshta stadion bunday talablarga to'g'ri keladi.

Mashg'ulot o'tkazish uchun sharoitlar
Bu ham deyarli stadionga qo'yilgan talablarga o'xshash jihatlardan iborat. Albatta, o'sha jamoaning o'ziga tegishli xususiy yoki foydalanishga ruxsat beradigan hujjatga ega bo'lishi lozimdir.

Yoshlar mashg'ulotlari uchun sharoitlar
Licenziya beruvchi yoshlar mashg'ulot o'tkazishlari uchun mo'ljallangan yopiq va ochiq sport inshootlari sonini belgilashi, kiyinish va tibbiyot xonalari hamda boshqa qulayliklarni talab qilishga haqli deb belgilangan. Bizningcha, aynan shu bandga to'g'ri keladigan jamoalarimiz soni unchalik ham ko'p emas. CHunki futbolimizdagi eng asosiy muammolardan biri aynan bolalar va o'smirlar futboli bilan bog'liq bo'lib turibdi.

SHAXSLAR VA MA'MURIYAT BANDI
Klub mamuriyati
Klublar barcha zarur narsalar bilan jihozlangan ofislariga va haftada besh kun ishlaydigan xodimlarga ega bo'lishi lozim. Unda telefon, faks va bog'lanishga imkon beruvchi turli narsalar borligi talablarning eng muhimlaridan biridir.

Bosh menejer
Bosh menejer yoki klubda uning vazifasini bajaruvchi boshqa lavozimdagi shaxs bo'lishi darkor. U mahalliy associaciya va licenziya beruvchi tashkilot bilan barcha muammolarni hal qilmog'i shart.

Moliya masalalari kotibi
Moliyaviy hisobotlar tayyorlovchi, boshqacha aytganda, bizdagi buxgalter lavozimidagi xodim. U moliyaviy monitoring natijalariga bosh javobgar shaxs hisoblanadi.

Xavfsizlik xizmati kotibi
Ushbu xodim doimiy ravishda mahalliy policiya bilan aloqada bo'lishi lozim. SHuningdek, OFK tomonidan maxsus tashkil etiladigan kurslarda o'z malakasini oshirishi mumkin. Ushbu xodimning vazifasi va majburiyatlari OFK tarafidan ancha ko'p qilib yozib qo'yilgan. Evropa tajribasidan malumki, stadionda xavfsizlikni taminlashda nafaqat policiya, balki stadion xavfsizlik xizmati xodimlari ham faol ishtirok etishadi. Ko'pincha kelishmovchiliklarning kelib chiqishi aynan ular tarafidan bartaraf qilinadi.

Matbuot kotibi
Matbuot kotiblarining o'rni va ahamiyati zamonaviy futbolda tobora oshib boryapti. CHunki ular o'zaro aloqalarni ushlab turishda muhim shaxslar sanalishadi. Mahalliy associaciya OFK ko'magida matbuot kotiblari uchun alohida kurs tashkil etishi mumkin. Butun mavsum davomida jurnalistlarga jamoa haqida axborot berish, uchrashuv kunlari matbuot anjumanlari o'tkazish hamda media relizlari tayyorlash aynan matbuot kotibining zimmasiga kiradi. Evropada va bazi Osiyo davlatlarida ham hozirgi paytda butun bir guruh faoliyat olib bormoqda. Yani, media bo'limi tashkil etilib, unda bir necha xodimlar ish yuritishmoqda.

SHifokor
Jamoaning bosh shifokori birinchi jamoa futbolchilarining salomatligi, ularning doping istemol qilmasligi, shuningdek, yoshlar jamoalaridagi umumiy ahvolga javob beradi. Barcha masalalarni o'ta aniqlik bilan hal qilishi bois doktor har taraflama malakali bo'lishi shart. Imkon qadar uni turli seminarlarga malaka oshirish uchun yuborib turish zarur. Bu borada OFKning o'zi ham oxirgi yillarda faollik ko'rsatib, shifokorlar uchun alohida seminar tashkil etishni boshlab yubordi.

Fizioterapevt
Fizioterapevtning vazifasi dori-darmonlar bilan jamoani taminlashda faollik qilish va mashg'ulot jarayonlari o'tishida jamoada hozir bo'lish. Bundan tashqari, yoshlar jamoalaridagi futbolchilarni ham kuzatib borishi darkor. Unga licenziya beruvchi tashkilot tarafidan minimal talablar qo'yilishi mumkin. U deyarli doktorning yordamchisi hisoblanadi.

Birinchi jamoa bosh murabbiyi
O'z-o'zidan tushunarli. Bosh murabbiy asosiy jamoa boshqaruvini qo'liga oladi. Unda chempionat talabiga ko'ra licenziya bo'lishi kerak. Bizda bu Pro diplomi sanaladi. Mahalliy associaciya murabbiylar malakasini oshirish uchun doimiy tarzda o'quv kurslarini tashkil etib boradi.

Yordamchi murabbiy
Yordamchi murabbiy asosiy jamoani boshqarishda bosh murabbiyga yordam berdi. Lekin darvozabonlar yoki fitnes murabbiyini yordamchi sifatida qayd etish mumkin emas. CHunki ularning vazifasi umuman boshqa hisoblanadi.

Yoshlar futbolini rivojlantirish boshlig'i
Ushbu xodimning vazifasi ham barcha uchun tushunarli bo'lsa kerak. U yoshlar futbolining o'sishiga doir dasturning qanday ketayotganini kuzatib boradi. Buni deyarli akademiya direktori lavozimiga o'xshatish mumkin.

Yoshlar murabbiylari
FIFA qoidalariga ko'ra, yoshlar murabbiylarining soni borasida jamoalar uch xil toifaga bo'linishadi: 10tagacha, 10-14 va 15-21 nafar murabbiylar borligiga qarab. 17-21 yoshli futbolchilar bilan ishlayotgan murabbiylar A, 11-15 yoshli o'smirlar bilan ishlaydiganlar V va 10 yoshdan kichik bo'lgan futbolchilar bilan ishlaydigan murabbiylar S licenziyasiga ega bo'lishlari shart.

Styuarding
Evropada ushbu xizmat turi juda ommalashgan. Styuardlar uchrashuvlar mobaynida xavfsizlikni taminlashda katta mehnat qilishadi. Ularning soni uchrashuv ahamiyati, mehmon ishqibozlarining tashrifi va boshqa jihatlar asosida o'zgarib turadi.
SHuningdek, ushbu kriteriyada Huquqlar va majburiyatlar va yana boshqa ikki kichik kriteriy o'rin olgan.

Navbatdagi katta kriteriya Huquqiy bo'limlardan iborat bo'lib, unda OFK klublar musobaqalariga hurmat, Licenziyalashdan boshqa hujjat tasdiqlar, Klubni nazorat qilish va xususiylik, Klubning ichki tartibi, Futbolchilar va rasmiylar uchun mehnat kodeksi kabi bo'limlardan iborat.

Aynan ushbu bandlar haqida avval ham yozib o'tgandik. Biroq buning foydasi sezilmayapti. Balki, bu safar ular tegishli xulosaga kelishar. Bu bandlar uchun uchun yangi yilga munosib sovg'a bo'ladi degan umiddamiz.

Behzod NAZAROV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика