"Lill" "Atletiko" darvozaboni bilan shartnoma imzolamoqchi
18 avg 2021 16:52
Yangiliklar
"Lill" "Atletiko" darvozaboni bilan shartnoma imzolamoqchi
"Atletiko" darvozaboni Ivo Grbich faoliyatini Franciya chempionatida davom ettirishi mumkin.
"Lill" ayni damda Madrid klubi bilan darvozabonning transferi bo'yicha muzokaralarning yakuniy bosqichida.
Ushbu haftada futbolchining rasmiy transferi amalga oshishi kutilmoqda. Grbich 2020/21 yilgi mavsum 1ta o'yinda maydonga tushdi va gol o'tkazib yubormadi.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" Ivoni 2020 yilda Xorvatiyaning "Lokomotiv" klubidan xarid qilgan edi.
Fikrlar