So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  1 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Liga U-21 chempionati uchrashuvlarining to'liq tartibda o'tkazish masuliyatini o'z zimmasiga olmaydi Yangiliklar

Liga U-21 chempionati uchrashuvlarining to'liq tartibda o'tkazish masuliyatini o'z zimmasiga olmaydi

Teglar :  O'zPFL
“Superliga va Proliga reglamenti”ning 4.5-bandida U-21 jamoasining uy uchrashuvlari uchun mo'ljallangan stadion 15 fevral sanasiga qadar Liga ro'yxatidan o'tkazilishi lozimligi ko'rsatilgan.

Ishtirokchi 16 ta klub orasidan OKMK, "Surxon", "Sho'rtan" hamda "Nasaf" bu talabni bajardi, deb xabar berdi Liga o'zining rasmiy saytida. 

Yana 11 ta klub reglamentning mazkur bandiga o'z vaqtida amal qilmadi. Faqatgina "Qizilqum" o'zining U-21 jamoasi Karmanada o'ynashni rejalashtirayotgani yuzasidan 7 fevral kuni Ligaga rasmiy xabar yo'llagan. Biroq bu vaqtda Liga avvaldan ishlab chiqilgan reja asosida O'zFHM va "Sport" TV mutaxassislari bilan hamkorlikda Superliga stadionlarining mavsumga tayyorgarligini monitoringdan o'tkazayotgan edi. Shu bois Karmanadagi maydonni to'liq o'rganib chiqish 23 fevralga qadar amalga oshirilishi rejaga kiritildi.

Shundan kelib chiqib, Liga klublarga rasmiy murojaat yo'lladi va reglamentning 5.4 hamda 5.5-bandini qayta o'qib chiqishni tavsiya qildi. Mavjud axborotga ko'ra, ayrim klublar maydon masalasidagi muammoni amalda hal qilishi mumkin. Ularda faoliyat olib borayotgan rahbar organ reglament bilan tanishib chiqqanligi yoki o'z ishiga masuliyat bilan yondoshayotgani masalasi Ligaga malum emas.

Endilikda ularga 25 fevral sanasiga qadar so'nggi muxlat beriladi. 26 fevral kuni esa reglamentning 5.5-bandi bo'yicha qabul qilingan qaror rasman elon qilinadi. Yani, uchrashuv yo raqib maydoniga ko'chiriladi yoki mezbon jamoaga oldindan texnik mag'lubiyat yoziladi. Berilgan muddat ichida Liga o'zining maydonlar uchun masul bo'limi mutaxassislari barcha viloyatlarga etib borishi masalasini o'z zimmasiga olmaydi.

Izoh. Klublar zaxira futbolchilarining o'yin amaliyotisiz qolib ketmasligini taminlash maqsadida Liga tomonidan bekor qilingan uchrashuvni ikki tomon kelishuvi asosida o'rtoqlik o'yini maqomida o'tkazish huquqini o'zida saqlab qoladi. Biroq bu kabi uchrashuvga Liga o'z rasmiylarini jalb qilmaydi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика