So’nggi yangiliklar

13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  5

Liga komissarlari elektron qaydnoma tartibiga o'tish bo'yicha seminarda ishtirok etdi Yangiliklar

Liga komissarlari elektron qaydnoma tartibiga o'tish bo'yicha seminarda ishtirok etdi

Teglar :  O'zPFL
Liga Superliga va Pro liganing ikkinchi davrasidan boshlab yangi tartibdagi elektron qaydnomalarga o'tishi malum qilingandi.

Bu yo'lda komissarlar uchun birinchi davra yakunlariga bag'ishlangan hamda yangi qaydnomani to'ldirish bo'yicha seminar tashkil etildi. Seminarda birinchi davra davomida kuzatilgan holatlar muhokama etilib, komissar vazifalari xalqaro tajribadagi misollar bilan ko'rib chiqildi. Yig'ilishning ikkinchi qismida esa yangi qurilmalar asosida elektron qaydnoma to'ldirish jarayoni tushuntirib o'tildi. Endilikda Superliga 14-tur bellashuvlari startiga qadar komissarlar o'zlari ishlagan birinchi davra uchrashuvlari qaydnomasini yangi uslubda to'ldirishga harakat qilib boradi.

Bungacha start list tayyorlash va keyinchalik qaydnomani imzolashgacha bo'lgan vaqt 30-40 daqiqani tashkil qilgan bo'lsa, endilikda yangi turdagi licenziyalar yordamida "MyLeague" platformasi orqali qaydnoma onlayn to'ldiriladi. Murabbiy, komissar va hatto hakamlar ham o'z licenziyasi orqasi onlayn imzo chekish imkoniyatiga ega bo'ladi.

SHu yilning yanvar oyidan boshlab futbol klublariga mikrochipli licenziyalar taqdim etilgan bo'lib, ularda futbolchi haqida kerakli malumotlar o'z aksini topgan. Endilikda komissar o'yin oldidan start list va uchrashuv yakunlangach qaydnomani xuddi shu mikrochipli licenziyalar yordamida bir necha daqiqa ichidagina to'ldiradi va imzolaydi. Dunyoning etakchi ligalari musobaqani boshqarishning shu kabi onlayn tizimi (Competition Management System)dan foydalanmoqda. O'zPFL hamkorlik qilayotgan "MyLeague" onlayn tizimi mikrochipli licenziyalardan foydalanadigan dastlabki zamonaviy platformalardan biriga aylandi.

 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика