So’nggi yangiliklar

01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   3 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  2 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  1 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  1 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  2 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1

Liga 1. Messi uchta assist qayd etgan bahsda PSJ bir kishi kam bo'lib qolgan "Sent-Eten"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Liga 1. Messi uchta assist qayd etgan bahsda PSJ bir kishi kam bo'lib qolgan "Sent-Eten"ni mag'lub etdi

Teglar :  "Sent-Eten"PSJ
Franciya chempionatining 15-turidan o'rin olgan "Sent-Eten" - PSJ uchrashuvi yakunlandi.

"Sent-Eten" - PSJ 1:3

Gollar: 1:0 – 23 Buanga, 1:1 – 45 Markinos, 1:2 – 79 Di Mariya, 1:3 – 90 Markinos.

Sent-Eten: Grin, Sissoko (Mukudi, 46), Kolodzeychak, Nade, Trauko, Mason (Krasso, 87), Budebuz (Gurna-Duat, 72), Kamara (Calodat, 87), Aushish (Yussuf, 46), Xazri, Buanga.

PSJ – Donnarumma, Xakimi, Ramos, Markinos, Bernat, Di Mariya, Guye (Paredes, 75), Danilu Pereyra, Messi, Neymar (Ebimbe, 88), Mbappe.

Ogohlantirishlar: Sissoko (18), Budebuz (32), Bernat (33), Kamara (35).

CHetlatish: Kolodzeychak (45).


YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! PSJ O'YINNING SO'NGGI 10 DAQIQASIDA G'ALABANI O'ZINIKI QILDI HAMDA PESHQADAMLIKNI MUSTAHKAMLADI.

90+3. Mbappening "ketmoni uchmadi" bugungi o'yinda. Hakimining o'ng qanotdan oshirgan to'piga Kilian zarba berdi, Grin yana mohirlik namoyish etdi.

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Messining uzatmasidan so'ng Markinos bosh bilan qanday o'ynash kerakligini yana bir bor ko'rsatib qo'ydi! Himoyachidan dubl!

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. Neymarning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi, uni zambilda maydondan olib chiqishdi. Embebe o'yinga qo'shildi.

84. Neymar maydonda dodlamoqda. Bu safargi shikastlanish jiddiyroq ko'rinadi.

82. Gol o'tkazib yuborgan mezbonlar oldinga tashlanmoqda. Albatta, 10 kishi bo'lib, PSJga qarshi harakat qilish oson emas, lekin tavakkal ham ish berishi mumkin.

79. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Messining pasidan so'ng Di Mariya chap oyoqda darvozaning olis burchagini aniq nishonga oldi. Leo bilan chalg'ib qolgan himoyachilar Anxelni ochiq qoldirishdi hamda argentinalik futbolchi to'p kiritishda qiyinchilikka duch kelmadi.

78. XAvfli vaziyat! Bernatning chap qanotdan uzatgan to'piga Mbappe zarba berolmadi, aks holda hisob o'zgarishi mumkin edi.

76. Neymar chap qanotda Bernatni oldinga brshlagandi, himoyachilarni to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

75. PSJda o'zgarish: Paredes Guye o'rniga maydonga tushdi.

74. Di Mariyaning Ramosga uzatmasini himoyachilar qiyinchilik bilan bartaraf etishdi, ofsayd ham qayd etildi.

72. Mezbonlarda o'zgarish: Budebuz o'rniga Lyuka Gurna-Duat o'yinga qo'shildi.

71.  Budebuzga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Futbolchi jarohat olgan ko'rinadi. 

70. PSJ qarshi hujumga o'tgandi, Messi to'pni oldirib qo'ydi.

69. Neymar darvozabon bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi, qaytgan to'pni esa Messi darvozaga joylay olmadi.

67. Messi jarima maydoni ichida yiqildi, hakam o'yin qoidasi buzilmaganini qayd etdi, Leo to'pga ulgurmagandi.

63. ZARBA! Ancha vaqtdan beri mezbonlardan xavfli zarba ko'rmagandik. Buanganing urinishidan so'ng Donnarumma to'pni ushlab oldi.

61. Diqqat markazida yana Ramos. To'psiz kurashda Xazrini maydonga qulatdi. Hakam birinchi o'yindan Serxioni xafa qilishni istamadi.

60. Mbappe raqib himoyachisining tuhfasini golga aylantira olmadi. Uning chapaqay emasligi oydinlashib qoldi.

58. Xazri ikki burchak zarbasidan gol urmoqchi bo'ldi. Birinchisini Mbappe qaytardi, ikkinchisini qaytarishga hojat qolmadi.

57. PSJ futbolchilari ketma-ket uch bora raqib darvozasiga zarba yo'lladi, uchalasi ham himoyachilardan nariga o'tmadi.

55. Budebuz PSJ futbolchilari qurshovida qolib ketdi hamda unga nisbatan qo'pollik ishlatildi.

54. Messining uzatmasiga Bernat ulgurmadi. Bu erda Alba bo'lishi kerak edi.

53. Mbappeda yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. "Uchlik"ning kombinaciyasi natijasida francuz darvozaga zarba yo'lladi, biroq to'pni Grin qaytardi. Ustiga-ustak hakam ofsaydni qayd etdi.

52. Messida sheriklari bilan tushunishda bazan muammolar yuzaga kelmoqda. Hozir ham uning uzatmasini Di Mariya tushunmadi.

49. Ramos Budebuz bilan to'qnashib ketdi. Natija malum: Sent-Eten futbolchisi maydonga yiqildi.

47. Buangada yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi, agar biroz tezroq harakat qilganida, Donnarumma bilan birga-bir vaziyatga chiqib borardi. Uning zarbasi o'xshamadi.

46. Ramos Bernatni chap qanotdan oldinga boshlagandi, himoyachi to'pga eta olmadi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob borasida kuchlar teng, biroq kartochkalar borasida mezbonlar ancha oldinda.

45+2. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL! Markinos bonusdan unumli foydalandi. Jarima zarbasidan oshirilgan to'pni braziliyalik himoyachi bosh bilan darvozaning o'ng burchagiga joylab qo'ydi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. CHETLATISH! Kolodjeychik katta tezlikda qochayotgan Mbappeni to'xtatib qolgani uchun maydondan chetlatilmoqda. Buyog'i qiziq bo'ladi endi. Bir kishi kam va bitta gol oldindagi Sent-Eten.

41. SHo'rpeshona Mbappe yoki qoyilmaqom Grin! Kilian birga-bir vaziyatda  Sent-Eten posbonini ojiz qoldira olmadi. So'zsiz, Grin birinchi bo'limning eng yaxshi futbolchisi, garchand Buanga raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa-da.

40. Neymarning chap oyoqda yo'llagan zarbasidan so'ng Grin o'z hisobidagi seyvlar sonini yana bittaga oshirdi.

39. Xavfli vaziyat! Nemarning chap qanotdan boshlagan hujumi Messi orqali davom etdi, o'ng qanotdan Hakimining Mbappega uzatmasini esa raqib posboni mashaqqat bilan bartaraf etdi.

38. Xazri juda uzoq masofadan oldinga chiqib ketgan Donnaruma darvozasini nishonga olmoqchi bo'ldi, uning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi.

37. Neymar Mbappeni oldinga boshladi, Mbappening ichkariga uzatmasi esa raqib himoyachilariga kelib tushdi.

35. Guyeni "chopishdi".

33. Standart vaziyat bartaraf etildi, qarshi hujumda esa parijliklarning o'zi qo'pol o'ynadi, natijada Bernat ogohlantirildi.

32. OGOHLANTIRISH. Budebuz qo'polligi uchun jazolandi.

31. Sent-Eten himoyachisi to'pni qaytaraman deb hakamni nishonga oldi, shu orqali alamini olgan bo'lsa, ajabmas.

29. Bechora Neymar! Undan ko'ra shifokor bo'lsang bo'lmasmidi?! Yana uni yiqitishdi.

27. UX! Mbappening uzatmasidan so'ng Di Mariya zarba berolmadi, futbolchi to'p kelishidan ilgari oyog'ini cho'zib qo'ydi.

Parijda qor yog'ishi kuchaymoqda.

24. Yo'q, gol inobatga olindi. Gol muallifi Buanga. 1:0, mezbonlar oldinda!

23. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL! Yo'q, mezbonlarning goli ofsayd sababli inobatga olinmadi. Xazrining quvonchlari bir pul bo'ldi. Hakam vaziyatni yana ko'rib chiqmoqda.

22. Jarima zarbasini aynan ispaniyalik himoyachi bartaraf etdi.

22. Yana bir tarixiy lahza: Ramos ilk qo'polligini amalga oshirdi.

21. Mbappe jarima maydoni ichiga yorib kirishga urinib ko'rdi, himoyachilar to'pni olib qo'yishdi. Francuz esa to'p o'rniga himoyachining oyog'ini tepdi.

20. Neymar yana maydonga ag'anadi, hakam bu safar o'yin qoidasi buzilmaganini qayd etdi.

18. Neymarga nisbatan "mehribonchilik" boshlandi. Dastlabki ogohlantirish muallifi Sissoko.

17. Di Mariya raqib jarima maydonidagi Messiga to'pni oshirdi, biroq uning bo'yini inobatga olmagan holda mo'ljal qildi, natijada to'p noaniq ketdi.

13. UXX! Mbappe birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Bernatning chap qanotdan oldinga uzatmasini Kilian zarbaga aylantirdi, biroq Grin oyoqlari bilan to'pni qaytardi, posbonga tasanno! 

12. Guye o'yin qoidasini buzdi, hakam bilan esa Ramos tortishmoqda. Francuz hakamlari buyog'iga Serxio bilan bahslashishga tayyor turaverishsin.

12. Ramos Mbappeni oldinga boshlagandi, biroq uning uzatmasi noaniq chiqdi.

9. Maydon markazida mehmonlar o'yin qoidasini buzishdi. Standart vaziyatdan Sent-Eten futbolchilari foydalana olishmadi.

6. Hakam golni bekor qildi, sababi Neymar ofsaydda qolgandi.

5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!  Neymar hisobni ochdi.Messi o'ng qanotdan yorib kirdi hamda markazdagi Di Mariyaga to'pni etkazdi, u esa ochiq turgan Neymarni topdi. Braziliyalik forvard bo'sh darvozani nishonga oldi. 

1. PSJ tarkibida ilk bor Ramosning oyog'iga to'p tegdi, bundan muxlislar ham qiyqirib yuborishdi.

1. Uchrashuvni PSJ futbolchilari boshlab berishdi.

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Ramos va Messini bir jamoa libosida ostida maydonda ko'radigan kunlarga etib keldik. Yaqin ikki soat davomida qiziqarli o'yin guvohiga aylanamiz degan umiddaman.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика