Liga 1. Franciya vice-chempioni o'zidan to'rt pog'ona yuqoridagi klubni qabul qiladi
25 sen 2018 14:27
Yangiliklar
Liga 1. Franciya vice-chempioni o'zidan to'rt pog'ona yuqoridagi klubni qabul qiladi
O'tgan mavsum 80 ochko to'plab, Franciya vice-chempioniga aylangan "Monako"ning ishlari yaxshi emas. Jamoa joriy mavsumdagi 6ta uchrashuvning 2tasida mag'lubiyatga uchradi, 3ta o'yin durang bilan yakun topdi. Bor-yo'g'i 6 ochko to'plagan monegasklar bugun "Stade Louis II" stadionida o'zidan to'rt pog'ona yuqoridagi (12-o'rin) "Anje"ni qabul qiladi.
7-turda Patrik Viera qo'l ostidagi "Nicca" "Nant" mehmoniga aylanadi. O'tgan mavsumni qo'shni sifatida yakunlagan bu klublar ("Nicca" 8-o'rin, "Nant" 9) joriy mavsum ham bir-biridan uzoqda emas. Oldinroq, Nicca shahri jamoasi etakchisi Mario Balotelli ortiqcha vazndan qutilib, mashg'ulotlarga qaytgani elon qilingan edi. Ushbu bahsda italiyalik forvardi maydonda ko'rishimiz ehtimoldan holi emas.
Bugungi kunning so'nggi uchrashuvi "Tuluza" va "Sent-Eten" o'rtasida bo'lib o'tadi. Hozircha Alen Kasanova klubi ("Tuluza") uy uchrashuvlarida mag'lub bo'lmagan (3ta o'yinda 7 ochko), "Sent-Eten" esa mehmonda o'ynashni yomon ko'radi. CHunki joriy mavsum ular mehmonda qo'lga kiritilgan ochkolar bo'yicha eng yomon natija qayd etganlardan (3ta bahsda 2 ochko) biri.

Franciya chempionati, 7-tur
22:00. "Monako" - "Anje" (Match! Futbol 1)
22:00. "Nant" - "Nicca"
00:00. "Tuluza" - "Sent-Eten" (Match! Futbol 1)
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar