Li Byung Geun: "Leandro singari legionerlar K ligada ham bo'lishini istardim"
09 iyu 2021 08:37
Yangiliklar
Li Byung Geun: "Leandro singari legionerlar K ligada ham bo'lishini istardim"
OCHL-2021 guruh bosqichi 4-turi doirasidagi "Kavasaki Frontale" - "Tegu" (3:1) uchrashuvidan so'ng Janubiy koreyaliklar jamoasi bosh murabbiyi Li Byung Geun fikrlarini bildirib o'tdi.
"Afsuski biz istagandek yaxshi o'yin bo'lmadi. Bizga nimadir etishmadi. Kuchli jamoaga qarshi o'yin o'tkazdik. Bizda ham imkoniyatlar bo'ldi. Himoyadagi muammolar pand berdi. Boz ustiga birga-bir vaziyatda gol urolmadik. Xatolar ustida ishlashimiz kerak. Raqib o'zining vaziyatlarini golga aylantira oldi. Bizni keyingi bahsda g'alaba qoniqtiradi. Keyingi bosqichga chiqishimiz uchun yutuq kerak.
Jamoamizda o'ziga ishonch etishmadi. Himoyachilar yosh bo'lishiga qaramasdan o'zida kuch topa oldi. Leandro juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Bunday legionerlar K ligada ham bo'lsa zarar qilmasdi",- deydi Li Byung Geun.
Fikrlar