"Leypcig" Krauss bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
03 iyu 2020 00:35
Yangiliklar


"Leypcig" Krauss bilan 5 yillik shartnoma imzoladi
"RB Leypcig" tayanch yarim himoyachisi Tom Krauss bilan 5 yilga mo'ljallangan bitim imzoladi.
18 yoshli futbolchi klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u "Leypcig" tizimiga 2011 yilda qo'shilgan va U12 jamoasidan boshlab barcha bosqichlardan o'tdi va asos jamoa safiga qo'shilmoqda.
Joriy mavsum yoshlar jamoasi safida 18 o'yin o'tkazgan Krauss 6 gol, 2ta samarali uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar