Levandovski Xitoy kompaniyasi bilan Rossiyadagi ishlari sabab shartnomani bekor qildi
08 mar 2022 18:40
Yangiliklar
Levandovski Xitoy kompaniyasi bilan Rossiyadagi ishlari sabab shartnomani bekor qildi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan shartnomani bekor qildi.
Bunga sabab kompaniyaning Rossiyadagi faoliyatidir. Xitoy elektronika ishlab chiqaruvchisi Rossiyaga kiberhimoya bilan yordam bergan.
Oldinroq UEFA va FIFA Ukrainadagi bosqini sabab Rossiya futboliga sankciyalar qo'ygandi. Endi Rossiya klublari va terma jamoalari xalqaro arenalarda ishtirok eta olmaydi. SHunday ekan, Rossiya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasidagi o'yinlarda qatnashmaydi va Qatardagi JCHni o'tkazib yuboradi.
Bundan tashqari, Moskvaning "Spartak" jamoasi "Leypcig"ga qarshi Evropa Ligasi 1/8 finali doirasida o'ynamaydi. Nemis klubi avtomatik ravishda musobaqaning chorak finaliga yo'l oldi.
Fikrlar