So’nggi yangiliklar

17:08 "Футбол олами". Фарғонадаги кубок финалида водий дербисини кўрамиз   0 16:45Сиаваш Ҳақназари: "Бизга ким рақиб бўлишининг фарқи йўқ, ўзимизнинг аниқ мақсадимиз бор"  1 16:30"Арсенал" - "Брайтон"  0 16:18Нега? "Челси" АПЛ ва ФИФА сабаб бир трансферни бекор қилди  0 15:24Нималар бўляпти? "Наполи" Осимхенни А Серия мавсум қайдномасига киритмади, рақамини эса бошқа футболчига беришди  3 14:52"Митти камера". Драмага айланиб кетган тўқнашувда "Андижон" финалга чиқди  3 14:36Сон Хён Миннинг отаси жазоланди  0 14:03Ди Мария фаолиятидаги энг ёмон мураббий ким бўлганини айтди: "Шубҳаларингиз бўлса, уларни тарқатиб юборишга тайёрман"  5 13:51"Навбаҳор" финалда. Водийликларга аталган кундан ГАЛЕРЕЯ  26 13:37АПЛда ёзги трансфер ойнасида энг кўп харажат қилган клуб номини биласизми?  2 13:13Хитойдаги халқаро ўртоқлик ўйинлари учун Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига кимлар чақирилди?  2 12:13"Андижон" ярим ҳимоячиси: “Тарих яратишимиз кераклигини билиб тургандик”  7 12:0040 млн. еврога сотиб олинган футболчи яна ижарага бериб юборилди  0 11:43МЮ тарбияланувчиси "қизил иблислар"нинг ҳимоядаги ўйинини танқид қилди  0 11:02Европанинг бошқа жамоасига ўтолмаган Осимхен "Наполи"га ультиматум қўйди  1

Levandovski qanday qilib nimjon bolakaydan top-futbolchiga aylangan?! Yangiliklar

Levandovski qanday qilib nimjon bolakaydan top-futbolchiga aylangan?!

Ko'pchilik muxlislar mashhur futbolchilar orasida atletlarnikidek tana tuzilishiga ega futbolchini ayting deyilsa, qanday javob beradi? Masalan sizning hayolingizga birinchi kim keldi?

Ronaldu, Xalk, Aleksis, Forlan yoki Ibra... Lekin polshalik Robert Levandovskini kamdan-kam muxlis etakchilar qatorida tilga oladi. To'g'ri, Ibra nafaqat maydonda, balki vyularida ham etiborni o'ziga qarata oladi, Ronalduning mehnatkashligi ham bor gap. U kabi futbolchilar barmoq bilan sanarli, to'g'ri. Ammo iqtidor va mehnatiga etarlicha etibor, baho berilmay qolib ketayotgan futbolchilar ham yo'q emas. SHundaylardan biri Polsha termasi sardori Robert Levandovski. 

31 yoshida Robert – o'yinida pasayish kuzatilmayotgan kamdan-kam futbolchilardan hisoblanadi. So'zimiz isboti sifatida uning so'nggi 5 yillik statistikasini keltiramiz:

2019/20: 12 o'yin, 16 gol;
2018/19: 47 o'yin, 40 gol, 13 golli uzatma;
2017/18: 48 o'yin, 41 gol, 5 golli uzatma;
2016/17: 47 o'yin, 43 gol, 10 golli uzatma;
2015/16: 51 o'yin, 42 gol, 6 golli uzatma.

Levandovski uchun bu Bundesligadagi 10-mavsum: ularning har birida (bu yil hozircha ulgurmadi) Robert kamida 30 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Bunday rekord natija bilan faqatgina "Xoffenxaym" davrozaboni Oliver Baumann maqtana oladi, lekin qaytaramiz, u darvozabon. Bu mavsum ham Levandovski muntazam gol urmoqda (ikki bor dubl qildi va yana bitta xet-trik). Levandovski – ideal atlet. Uning tana tuzilishi – o'ziga xos arxitektura maxsuli va yillar o'tgani sari u "ishdan chiqmayapti". "Robertning tanasi Arnold SHvarceneggerni eslatib yuboradi», – degandi "Bavariya" rahbariyati raisi Karl-Xaync Rummenigge.

Dortmundning "Borussiya"sida Nuri SHaxin Levandovskini The Body [«tana»] deb chaqirishlariga sababchi bo'lgan. SHaxin hayrat bilan shunday degandi: "Levaning tanasi aqlbovar qilmas darajada. U faqatgina mushaklardan iborat. Kiyinish xonasida hech bir futbolchi bu borada u bilan raqobatlasha olmaydi".

Mushaklarini chiniqtirish uchun alohida yondashuv zarur bo'ldi. Dam olish kunlari ayoli bilan kikboks va og'ir atletika bilan shug'ullanadi. 

Yoshligida nimjongina bolakay bo'lgan-u, keyin "baquvvat" bo'lib ketganlar haqida har birimiz eshitganmiz, bazilarimiz bunga bevosita guvoh bo'lganmiz. Hozirgi Levandovski o'sha tipga mansub futbolchilardan. 

18 yoshida "Legiya" Levandovskidan "qutuladi": klubdagilar u jismonan talabga javob bera olmasligini aytishgan. Juda kuchsiz, ozg'in va markaziy hujumchilardagidek ko'rsatkichlarga ega emas deyishgandi ular. "U juda ham ozg'in edi. Uning oyolari tayoqlarni eslatardi va men doim, uning oyolarini sindirib qo'yishlaridan xavotir olardim", – deydi Levandovskining dastlabki murabbiylaridan biri Kshishtof Sikorski. O'shanda Sikorski xazilomus tarzda – bo'kib qolguncha bekon (go'sht mahsuloti) eyishni, shu tariqa "massa yig'ishni" maslahat bergan.

"Legiya"dan keyin Levandovski Polshaning uchinchi divizionigacha "tushib chiqdi", "Znicha" safida ikki bor chempionat to'purari bo'ldi va yuqori divizionga chiqishda yordam berdi. Levandovskiga "Lex"da etibor qaratishdi, murabbiy Francishek Smuda uni kuzatishga kelganda: "Taxta oyoqli bolakay? Yoqilg'iga sarflagan pulimni qaytarib beringlar!", - degan.


Ham haqiqat, ham ayyorlik: Smuda boshqa klublarning Levandovskiga bo'lgan etiborini chalg'itish uchun shunday degan, lekin aslida boshqa fikrda edi. Katta futbolda o'z o'rnini topish uchun u mushaklarini chiniqtirishi va jismonan o'sishi zarur degan.

Germaniyaga ko'chib o'tish – transformaciyaning boshlanishi edi. Levandovski faoliyati davomida Anchelotti, Xaynkes va Gvardiola bilan ishlagan, lekin uni top-forvard darajasiga Yurgen Klopp olib chiqqan. U bu haqida shunday deydi: "Klopp menga ishonch bag'ishlagan va bugungi darajamga chiqishimning sababchisi hisoblanadi. Faoliyatimni aynan uning qo'l ostida boshlaganman".

"Borussiya" kamida 30 marta Levandovskini "Lex"dalik davrida kuzatib borgan (u haddan ziyod engilligidan cho'chishgan), Klopp esa yashirincha Polshaga borar, kapyushon va kepka ostiga berkingancha Poznandagi stadionga kirib olar va tribunadan futbolchini kuzatardi. Levandovski Dortmunda to'rt oy davomida moslashish davrini o'tkazdi. Klopp mashg'ulotlarda hujumchi bilan garov o'ynar, malum nuqtalardan zarba berib, kim ko'proq gol urish borasida bellashardi: kim ko'proq gol ursa, 50 evro o'shaniki. "Men o'shanda mashg'ulotlar naqadar muhim ekanligini tushunib etganman", – deb eslaydi keyinchalik Levandovski. SHu yo'sinda o'tgan bir necha oydan so'ng futbolchi garovda muntazam g'olib bo'lar va endi Klopp garov o'ynamaydigan bo'ldi.

Mashg'ulotlardan bo'sh vaqtini qaxramonimiz Anna bilan o'tkazadi. Unda ham mashg'ulotlar. Ularning uylarida mashg'ulot zali mavjud va o'zaro mashg'ulotlar suratlari instagramda muntazam uchrab turadi.


"Bazan koncentraciyani yaxshilash uchun maxsus mashqlarni bajaraman. Bu hujumchi uchun juda muhim. Kuchli himoyachilarga qarshi kurashda, menga ko'p kuch zarur", – deydi Levandovski. Klub va termadagi mashg'ulotlardan tashqarida u og'ir atletika va kikboks bilan ham shug'ullanadi. Bolalikda bu ro'yxat bundanda uzunroq edi: dzyudo, voleybol va gandbol.

Jarohat tufayli ikki haftadan ko'p o'tkazib yubormaydi. Faoliyatining dastlabki davrida jarohatlardan kuchugi yordamida forig' bo'lgan 

Gvardiola Levandovskining darajasi haqida: "U men ko'rgan futbolchilar ichida eng professionali. Levandovski sutkasiga 24 soat to'g'ri ovqatlanish, to'g'ri uxlash va mashg'ulotlar haqida o'ylaydi. U shular bilan yashaydi va hech qachon jarohat olmaydi. Yaxshiroq holatda bo'lishi uchun nima kerakligini doim biladi". Gvardiola naqadar haqligini tushunish uchun – faoliyatida Levandovski a) jarohat tufayli ikki haftadan ko'p muddatga safdan chiqmagan; b) qatorasiga ikki o'yin o'tkazib yuboramagan.

Transfermarkt malumotlariga ko'ra, "Bavariya"da (2014 yildan buyon) Levandovski 11 bor jarohatlangan, "Borussiya"da (3,5 yilda) – bor yo'g'i bir bor, tizza jarohati tufayli 10 kunga safdan chiqqan va 2 o'yinni o'tkazib yuborgan.

Yana ikki marta Levandovski 14 kundan tuzalgan: o'shanda futbolchi tizza "chashkasi"ni davolagan. Qolgan barcha jarohatlarga (mushaklardagi muammolar, qovurg'a va elka shikastlanishi, to'pig'idagi jarohat, burin va jag' sinishi, hamda miyya chaqalishiga) 3 kundan 7 kungacha muddat etarli bo'lgan.

Germaniyada o'tgan 9 yilda:

12 jarohat;

79 kun - davolanish uchun sarflangan muddat (o'rtacha – 6,5 kun); Ha, adashmadingiz, biz ham adashgmadik :) Olaa, lekin bu fakt, degan joyidan.

13 ta o'yin jarohat tufayli o'tkazib yuborilgan.

Hayratlanarli-a?!

Faoliyatining dastlabki yillarida Levandovski jarohatlaridan forig' bo'lishida kuchugi yordam berardi. "Meni boksyor (kuchuk parodasi) kuchugim bo'lardi va u doim to'pni mendan olib qo'yishga harakat qilardi. Olib qo'ygan vaqtlarida ham, u darhol to'pni menga qaytarib "o'yinni davom ettirardi", – yodga oladi Levandovski. Aynan o'sha kuchugi bilan Robert yugurar, driblingi ustida ishlardi. Ilk jarohatlardan forig' bo'lish qiyin bo'lgan: Levandovski tez charchab qolar va kasallik asoratlari uni tinch qo'ymasdi. "Boksyor" bilan mashg'ulotlar tiklanish jarayonini tezlashishiga sabab bo'lardi.

SHirinliklar emaydi va sut ichmaydi, tushlikni desertdan boshlaydi (bu yog'larni eritishda yordam beradi), turmush o'rtog'i bilan salomatlik akademiyasini ochishni rejalashtirgan 

Levandovskining racionini ayoli Anna tuzib beradi. U fitnes-murabbiy, to'g'ri ovqatlanish haqida kitoblar yozgnan, 2009 yil karate jahon chempionati bronza medaliga ega chiqqan. Levandovski muntazam ravishda ayolining yangi receptlarini sinab ko'radi. "Bavariya"da u individual rejaga ko'ra ovqatlanishidan mamnunlar, futbolchilar esa Foods by Ann [Anna Levandovski to'g'ri ovqatlanish va salomatlik uchun maxsus preparatlar sotuvchi berndi]dan so'rashadi.

Mashg'ulotlardan avval Levandovski xurmoli kasha yoki yangi mahsulotlarni tanovvul qiladi, keyin – mevalarning yangi siqilgan soki, tabiiy kokteyl va smuzi ichadi. Anna va "Bavariya" futbolchilari Levandovskining ovqatlanish ketma-ketligiga xayron bo'lishadi: avval desert (mevalar yoki protein batonchalari), keyin sho'rva, salat va go'shtli taom. "Ular hamon buni tushunishmaydi va boshlarini chayqatishadi", – kuladi Levandovski.

Bunday sxema ortiqcha yog'larning erishiga yordam beradi, sababi uglevodlar oqsildan tezroq xazm bo'ladi. "Agar men tushlikning oxirida shirinlik esamu u oqsil bilan qo'shilib ketsa, organizmim xazm qilishda qiynaladi. Men uchun to'g'ri ovqatlanish juda muhim va bu metod menga mos keladi. Xazm qilish uchun bu to'g'ri yo'l".

Levandovski dietasini muntazam o'zgartirgan va bu borada keskin o'zgarishlar qilmagan. U racionidan shirin va alkogol mahsulotlarini chiqarib tashlagan (bazan bir bokal vino bilan kifoyalanadi) va xuddi turmush o'rtog'i kabi sut, bug'doy va kleykovina (un tarkibidagi mahlusot)dan voz kechgan: "Snickers yoki Mars kabi batonchiklarni doim xush ko'rganman. Avval men faqat oq shokolad va sut ichardim, bu esa shirinlikmisan-shirinlik. Hozir bunday mahsulotlarni juda kam tanovvul qilaman. Menga kakaodan tarkib topgan qora shokolad bo'lagi kifoya. Men sport uchun yashayapman".

Levandovski nonushtaga bo'tqa va tuxum, tushlik va kechki ovqatga baliq, dengiz mahsulotlari va qovoqli lapshani yaxshi ko'radi.

"Bungacha men haftasiga 3ta o'yinda maydonga tushib, 90 daqiqa maksimumimda harakat qila olmasdim. Endi men o'zimni butkul boshqacha his qilyapman. Sababi har kuni sinchkovlik bilan tayyorgarlik ko'raman", – dedi Levandovski dietasi natijalari bilan o'rtoqlashar ekan. Yana 10 yildan so'ng Robert va Anna salomatlik akademiyasini ochib, o'z usullarini, salomatlik sirlarini boshqalarga ham ulashishmoqchi. 

Anna Levandovski oddiy bir haqiqatni eslatmoqda: "Salomatlik juda muhim. Biz odamlar uzoq vaqt sog'-salomat bo'lishlarini istaymiz".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика