Levandovski: "O'yinimizdan so'ng birinchi bo'lib "Borussiya D"ning natijalari bilan qiziqaman"
30 okt 2014 00:37
Yangiliklar


Levandovski: "O'yinimizdan so'ng birinchi bo'lib "Borussiya D"ning natijalari bilan qiziqaman"
"Bavariya" hujumchisi Robert Lvandovski o'zining sobiq jamoasi bilan o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Bu juda muhim uchrashuv bo'ladi. "Borussiya D" har doim xavfli raqib. Yurgen Klopp shogirdlari istalgan jamoani mag'lub eta olishlari mumkin. Hozirda jamoa qiyin davrni boshidan kechirmoqda. Ular tarkibida ko'plab futbolchilar jarohatlari bois jamoaga yordam bera olishmayotganligi ham o'yinlarini pasayishiga sabab bo'lmoqda. Lekin shuni unutmaslik kerakki, oldinda butun mavsum kutib turibdi va hammasini joy-joyiga qo'ysa bo'ladi. "Borussiya D" tarkibida bir qator kuchli ijrochilar mavjud. Raqibni hozirgi holatidan kelib chiqib mensimaslik bu juda qimmatga tushishi mumkin. O'zimizning o'yinlardan keyin birinchi bo'lib "Borussiya D"ning natijalari bilan qiziqaman. Men ularni mag'lubiyatlaridan xursand bo'lmayman.
Eslatib o'tamiz, Germaniya "klassiko"si 1 noyabr kuni "Alyanc Arena"da bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Germaniya "klassiko"si 1 noyabr kuni "Alyanc Arena"da bo'lib o'tadi.

Fikrlar