Levandovski: "O'yinimdan ko'nglim to'layotgani yo'q"
18 dek 2013 16:28
Yangiliklar

Levandovski: "O'yinimdan ko'nglim to'layotgani yo'q"
Dortmundning "Borussiya" jamoasi etakchisi Robert Levandovski mavsum jamoasi uchun unchalik ham muvaffaqiyatli o'tmayotganini takidladi.
"Hamma tushunib turganidek, bizga g'alabali o'yinlar seriyasi kerak. Bunday seriyani navbatdagi turda "Gerta" ga qarshi o'tadigan uchrashuvda boshlamoqchimiz. SHundan keyin yangi davrada "Bavariya" hamda "Bayer" jamoalari bilan o'ratmizda mavjud bo'lgan ochkolar tafovutini kamaytirishga harakat qilamiz. Bundan buyog'iga ochko yo'qotishga hech ham xaqqimiz yo'q", - dedi polshalik hujumchi.
Hozirgacha kiritgan 11 ta to'pidan mamnun ekani to'g'risda berilgan savolga futbolchi "Yo'q!", deya javob berdi.
"Kiritgan o'n bir golimdan unchalik ham ko'nglim to'layotgani yo'q. Boisi juda ko'plab qulay vaziyatlardan unumli foydalana olmayapman. Agar shunday vaziyatlarni ham golga aylantirganimda bundanda ko'proq to'p kiritgan bo'lardim… Jamoamiz bilan ham xuddi shunday holat kuzatilmoqda. Yo'qsa biz turnir jadvalida etakchilik qilayotgan bo'lardik.", - deya o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi polyak futbolchisi.

Fikrlar