Levandovski jarohatdan tiklandi
21 apr 2021 22:46
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/632837_original.jpg)
![](/upload/storage/632837_220.jpg)
Levandovski jarohatdan tiklandi
Myunxen klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski jarohatidan qutuldi.
Polshalik futbolchi bugun mashg'ulotlarining ko'p qismini jamoa bilan hech bir cheklovlarsiz o'tkazdi.
Yarim himoyachilar Serj Gnabri va Koranten Tolisso ham asta-sekin mashg'ulotlarga qaytmoqda. Bugun ular birinchi marta ochiq havoda shug'ullanishdi.
Eslatib o'tamiz, 32 yoshli Levandovski mart oyi oxirida Polsha terma jamoasining o'yinida tizzasidan jarohat olgan edi.
Hujumchi ushbu mavsumda klub tarkibida 36 uchrashuvda maydonga tushib, 42 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar