Levandovski: "Germaniyalik jamoadoshlarim Sanening "Bavariya" bilan shartnoma imzolashini kutishmoqda"
20 iyu 2019 15:05
Yangiliklar


Levandovski: "Germaniyalik jamoadoshlarim Sanening "Bavariya" bilan shartnoma imzolashini kutishmoqda"
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski uning nemis jamoadoshlari Leroy Sanening Myunxen klubiga o'tishini xohlashlarini aytib o'tdi.
"Nemis futbolchilar Sane bilan shartnoma imzolanishini juda ham xohlashmoqda. Ammo kutishdan o'zga chora yo'q, ko'ramiz nima bo'ladi", - deydi Levandovski.
"Bavariya" klub afsonalari Aren Robben va Frank Riberilar o'rniga munosib nomzod qidirishmoqda.
Afsonalarning ketishi kishini xafa qiladi. Ammo "Bavariya" ularning o'rniga sifatliroq boshqa futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqda. Men yangi o'yinchilar Robben va Riberilardek yaxshi o'yin ko'rsatishlariga aminman", - deydi Levandovski.
Sane joriy mavsum barcha turnirlarda 53ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol va 14ta assistga erishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar