

Uchrashuvda “dubl”ga erishgan Robert Levandovski Myunxen klubi safida o'zining 99- va 100-gollarini kiritishga erishdi. Buning uchun unga jamoa safida 136 uchrashuvda maydonga tushish kifoya qildi.
Joriy mavsumda polshalik hujumchi 24 uchrashuvda 21 ta gol kiritib, chempionat to'purarlari bahsida “Borussiya” D hujumchisi Per-Emerik Obameyangdan bir to'pga ortda qolmoqda.



