"Lester"ni boshqarish uchun ilk nomzod bor

Mirjalol Normatov
24 fev 2019, 17:40
"Seltik" bosh murabbiyi Brendan Rojers "Lester"ni boshqarishi mumkin.

"The Guardian" xabariga ko'ra, 51 yoshli mutaxassisga "Lester" taklif bilan chiqqan.

Rojers "Seltik" bilan kelishib olishi uchun "Lester" yozgacha kutib turishi mumkin. 

"The Telegraph" ma'lumotiga qaraganda, "Lester" ushbu mavsum boshlanishidan oldin "Seltik"ka bu borada taklif bilan chiqqan.

Murabbiyni ishga olish uchun "Lester" Glazgo jamoasiga 6 million funt to'lashi kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian