"Lester" Brendan Rojersga yangi shartnoma taklif qiladi
06 dek 2019 14:50
Yangiliklar


"Lester" Brendan Rojersga yangi shartnoma taklif qiladi
"Lester" xo'jayinlari jamoa bosh murabbiyi Brendan Rojers bilan hamkorlikni davom ettirishmoqchi.
46 yoshli mutaxassisning ingliz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.
"Tulkilar" endilikda murabbiyning "Arsenal"ga ketish ehtimoli sabab shartnoma shartlarini yaxshilashmoqchi va yangi bitim imzolashmoqchi.
"Lester" APLdagi 15 turdan so'ng 35 ochko jamg'argan holda jadvalning ikkinchi pog'onasida borishmoqda. Peshqadam "Liverpul" bilan oradagi farq 8 ochkoni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar