So’nggi yangiliklar

19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   8 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  8 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0

Leonid Senkevich: “Jiddiy raqibni mag'lub etdik” Yangiliklar

Leonid Senkevich: “Jiddiy raqibni mag'lub etdik”

O'zbekiston Birinchiligining 1-bosqich, 12-turidan o'rin olgan “CHust-Paxtakor” – “Oq-tepa” jamoalari o'rtasidagi bellashuvda mezbonlar so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga musobaqa peshqadamini irodali tarzda mag'lubiyatga uchratdi.
llashuv yakunlangach biz mezbonlar ustozi Leonid Senkevichning fikrlari bilan qiziqdik.

- “Oq-tepa” bilan Toshkentda bo'lib o'tgan birinchi uchrashuvni o'zingizni ham ko'rgandingiz. O'sha o'yinda ham yomon harakat qilmagandik. Lekin mag'lubiyatga uchragandik. Bugun xursand bo'lganim bolalar o'zlarining yaxshi xislatlarini namoyish qilishdi va foydali to'p surishdi. Ochig'i, bizga omad ham kulib boqdi. Ayniqsa, uchrashuv oxirlarida omad biz tarafda bo'ldi. Aytishadiku, omad kuchlilarga kulib boqadi, deb. Futbolchilarim 92-daqiqada gol o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, qo'llarini pastga tushirishmadi.

Yigitlar shu kunga qadar o'tkazgan uchrashuvlarimizda juda ko'p golga tortadigan vaziyatlardan foydalana olmay kelayotgandi. Omad bizga kulib boqmayotgandi. Bugun hammasi biz uchun omadli bo'ldi. Mayli, ikkinchi golimiz haqiqiy omad tufayli raqib darvozasidan joy olgan bo'lsa-da, bu gol! SHogirdlarim bugungi g'alabaga haqli ravishda erishishdi. Ular bunga loyiq edi. Sababi, ular bugun g'alaba qozonishni chin dildan xohlashgandi. Rosti, biz uydagi o'yinlarda anchadan buyon yuta olmayotgandik.
Qolaversa, bugun shunday yuqori klassdagi raqibni mag'lubiyatga uchratdik. Autsayderni yutish qaerdaku, musobaqa peshqadamidan ustun kelish qaerda?! Ikkalasining zavqi o'rtasida katta farq bor.

“Oq-tepa” kuchli jamoa, tarkibida tajribali futbolchilar jam bo'lgan. Bu o'yinchilar bemalol oliy ligada o'ynay oladi. SHuning uchun ham men shogirdlarim uchun juda ham xursandman. CHunki ular haqiqatdan ham jiddiy raqibni mag'lub eta olishdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика