So’nggi yangiliklar

10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  7 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  2 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  8 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  7 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  66 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  4

Leonardo Spinaccola final oldidan Italiyaga tasirli maktub yozdi Yangiliklar

Leonardo Spinaccola final oldidan Italiyaga tasirli maktub yozdi

Hal qiluvchi uchrashuvdan oldin u termaga maktub yo'lladi.

Xabaringiz bor, bugun Evro-2020 final uchrashuvida Italiya termasi bosh sovrin uchun Angliyaga qarshi maydonga tushadi. 

Nominal mezbon "Skuadra Adzurra" himoyachisi Leonardo Spinaccola ushbu bellashuv oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Agar o'sha vaziyatga, o'sha daqiqalarga yana qaytish imkoniyatim bo'lganida, men baribir to'pga bor kuchim bilan intilgan bo'lardim. Yana yuz marta bu ishni qilaverardim, agar shu orqali raqibni bir metrga ortda qoldirolsam, agar shu ishim orqali o'yin taqdirini jamoam tomonga o'zgartira olsam. Bunda olamshumul hech nima yo'q, shunchaki bizda qoidalar shunday – sen faqatgina jamoadoshlaring va terma uchun boringni bera olsanggina, sarguzashtning oxiriga etib borasan.

Jarohat meni maydondan chiqarib yubordi, endi men o'yindan "tashqarida"man. Biroq jamoadan chetga chiqib qolganim yo'q. Mening endigina uch yoshga to'lgan o'g'lim Mattia bugun dadasi uyda, divanda bemalol yota olmasligini tushundi.


Hayajondaman, buni yashirmayman. Men Londonga uchadigan samolyot bortiga chiqqanimda, huddi qayta tug'ilgandek bo'ldim. Oradan bir necha soat o'tib men maydonda do'stlarim bilan, tribunalarda esa – butun mamlakat bilan birga bo'laman. Barchasi biroz yaxshiroq bo'lishi mumkin edi, ammo bundan ham yomonroq vaziyat bo'lishi ham mumkin edi

"Uembli"da bizni Evropa chempionatining oxirgi jangi kutmoqda. Bu musobaqani men bir umrga eslab qolaman. "Olimpiko"dagi sexrli kechalardan tortib, safardagi murakkab bellashuvlargacha – biz og'ir va jiddiy yo'lni bosib o'tdik. Mening misolimda esa bu yo'l yana bir necha kilometr ko'proq bo'ldi – jarrohlik muolajasi uchun Finlyandiyaga uchib borib-kelishga to'g'ri keldi. Lekin endi men tayyorman. Hali ko'p narsa bera olishimni sezyapman. Bir necha oy o'tib, safga, qanotga qaytaman. Bugun esa barchamiz birgalikda maqsad sari intilamiz!


Men, Brayan Kristante – jarohatdan keyin birinchi bo'lib yonimga etib kelgan va meni yupatgan inson, – bugun meni ko'nglimdanda muhimroq bir narsani boshi uzra ko'tarishiga, umid qilaman. Forca adzurri!".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика