So’nggi yangiliklar

00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  0 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  2 00:00АПЛ. "Арсенал" — "Челси" (онлайн ҳисоб)  6 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  11 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  149 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  26 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  16 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  4 20:07Асрор Алиқулов: "Олимпиада йўлланмасини қўлга кирита оладиган таркибимиз бор"  2 19:59"Милан" Жиру ўрнига кимни олиб келади?  2 19:40Ўзбекистон U-23 терма жамоаси "Халифа" стадионида!  13

Leo Messiga tasirli xat yozgan JCHdagi yulduz Yangiliklar

Leo Messiga tasirli xat yozgan JCHdagi yulduz

Qatar maydonlarida bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati davomida doim ham shiddatli o'yinlar namoyish etilmayotgan bo'lsa-da, tasirli hikoyalarga boy o'tmoqda.

Bugun yana bir qiziq voqeani etiboringizga havola qilamiz.

2016 yilda Messi Kopa Amerika final bahsida penaltilar seriyasida o'z urinishidan unumli foydalana olmadi va kubok CHiliga yo'l oldi. Finaldan so'ng Leo terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi.



SHundan so'ng 16 yoshli Argentinalik o'smir yigit, Messiga tasirli xat yozdi.

"Qanday qilib sizni qaytishga ko'ndira olamiz, axir biz – oddiy odamlarmiz. Qanday qilib sizni qaytishga ko'ndira olamiz, axir biz sizning elkangizdagi yukni bor-yo'g'i bir foizini ham his qilmagan bo'lsak. Siz ertalab turib, ko'zguga qaraganda tushunasizki, 40 million odam sizni ideal formada bo'lishingizni kutadi. Ular qandaydir sabablarga ko'ra sizdan ideal bo'lishingizni talab qilishga hakkimiz bor, deb o'ylashadi.

Qanday qilib biz sizni qaytishga ko'ndira olamiz, axir biz hali ham sizni hammaga o'xshash inson ekanligingizni, ha, takrorlanmas iqtidor bilan, ha, dunyodagi eng zo'r o'yinchi, lekin baribir inson ekanligingizni tushunmasak. Qanday qilib sizni qaytishga ko'ndira olamiz, axir biz sizni mag'lubiyatlardan so'ng aybdor deb hisoblashda davom etsak. Aslida bizning g'azabimiz o'ynashida siz aybdor emassiz, bu muxlislarning shaxsiy emociyasi".

O'zimizga savol berishimiz kerak, bu yigitdan talab qilayotgan masuliyatning hech bo'lmasa bir foizini o'zimizdan talab qilamizmi? Qanday qilib sizni qaytishga ko'ndira olamiz, butun dunyo sizga "terma jamoada vatan uchun maydonga chiqishdan ko'ra hozir sohil bo'yida dam olsang bo'lar edi", deb aytayotgan bo'lsa.

Albatta siz o'zingiz xohlagan ishni qilishingiz mumkin, lekin iltimos, qaytish haqida yana o'ylab ko'ring. Sizdan insonlar olib qo'ygan rohat hissini qaytarish uchun yana shu ishni qiling va maydonga qayting. Bunday katta bosim sizdan o'yin vaqtida eng muhumi, zavq hissidan mahrum qiladi". 

Katta ehtimol bilan siz bolalik davringizda terma jamoada o'ynashni orzu qilgansiz. Sizni maydonga oq-moviy ranglarda harakat qilayotganingizni ko'rsak, bizni g'urur hissi tark etmaydi. Maydonda o'ynayotganingizda bizni qanday mag'rurligimizni tassavur ham qila olmaysiz, iltimos, qayting".



Olti yildan so'ng Messiga xat yuborgan yigitcha "Lusail" stadionining maydonida Meksika darvozasiga ikkinchi golni urgandan so'ng Leo Messi bilan quchoqlashdi va elkama-elka turdi.



Bu yigitchaning ismi esa Enco Fernandes.

Abdulvosit tayyorladi

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика