So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Lendon Donovan amerikaliklar faxri Yangiliklar

Lendon Donovan amerikaliklar faxri

Amerikaliklar futbolni hech qachon tushunib etmasalar kerak.

“Uni ko'rishdan mano nima, to'g'rimi? Axir, gollar onda-sonda bo'lib tursa?!” Ular basketbol, xokkey yo beysbol o'ynaganlari maqul. Ammo birdan shunday inson paydo bo'ldi va hammaning etiborini futbolga qarata oldi. Yo'q, bu Devid Bekxem emasdi. U Lendon Donovan.

Donovan o'rta hol oilada dunyoga kelgan. Otasi (sobiq professional xokkeychi) ularni tashlab ketganidan so'ng, onasi yolg'iz o'zi 3 farzandni voyaga etkazgan. Akasi, Djosh, uni futbolga qiziqtirgan. Aynan u to'pni qanday boshqarish, pas berish va zarba berishga o'rgatgan. Endigina 5 yoshga to'lgan bolakay, o'sha paytdayoq hayotini nimaga bag'ishlashini tushunib etgan. Onasi Lendonni to'garakka olib borganida murabbiy 5 yoshli bolani jamoaga olishni xohlamagan. CHunki jamoadagilar asosan 6-7 yosh edi. Lekin kichkina Donovan birinchi o'yinning o'zida 7ta gol urib, ko'pchilikni lol qoldirgan.

Onasi o'g'lini barcha sport anjomlari bilan taminlay olmagan. Lendon akasidan qolgan eski butsa, yirtiq to'p bilan mashg'ulotlarga qatnagan. Bu esa o'ziga to'q kaliforniyalik bolalar tomonidan kamsitilishiga sabab bo'lgan. Ammo u bunga maydondagi chiqishlari orqali javob qaytargan. Uni iqtidorini payqamaslik mushkul edi. Lendonning shtatlar bo'ylab o'yinlarga borish uchun mablag'i bo'lmaganida, murabbiyi o'z hisobidan uni olib ketgan.

Donovanning yuksalishida murabbiyi Klint Grinvudning xizmati katta bo'lgan. U nafaqat o'yin qoidalarini o'rgatgan, balki futbolchini Olimpiya o'yinlariga tayorgarlik bo'yicha Amerikamaxsus dasturiga qo'shishga muvaffaq bo'lgan. Lendon u erda 2 yil o'ynab, AQSH o'smirlar terma jamoasiga qabul qilingan va 1998 yil fevralda debyut qilgan. Donovan hamma joyda, imkoni boricha, maktab, terma jamoa, amerika jamoasi uchun gol kiritgan. O'sha, 98 yilning o'zidayoq, "2010-dasturi" yo'lga qo'yilgandi. Rejaga - 12 yildan so'ng, jahon chempionatida zafar quchish maqsad qilib qo'yilgandi. Buning uchun butun mamlakat bo'ylab eng iqtidorli yoshlar saralab olingan. Ular orasida Donovan, DaMarkus Bizli, Bobbi Konvi bo'lgan. JCH-2010 birinchi o'yindayoq “Tampa-Bey Myutini” 2:0 hisobida mag'lub etdi. Dubl albatta Donovan hisobiga yozildi.

Donovan haqidagi gap-so'zlar va nihoyat Evropaga ham etib bordi. “Yangi Maykl Ouen” 17 yoshligida U-23 terma jamoasiga chaqirilgan. “MYU”, “Arsenal”, “Feyenoord” va PSJ klublaridan takliflar kelib tushgan. Lekin hammasidan qatiy taklif bildirgan klub bu “Bayer” bo'ladi. Avvaliga leverkuzenliklar AQSH termasi sardori bilan shartnoma tuzishdi, keyin esa Lendon ham jamoaga kelib qo'shildi. Forvard yiliga 100,000$ maosh olgan. Keyinroq xuddi shunday maosh evaziga “Nike” bilan ham shartnomaga imzo chekadi.
Ammo yosh futbolchi uchun Germaniya hayoti biroz og'irlik qildi. Sababi atrofidagi hamma nemis tilida gaplashar, u esa faqat ingliz tilini bilardi. SHu sabab, bazan Donovan soatlab opasi Tristan bilan gaplashib qolib ketardi. U o'zini erkin his qiladigan birgina joy bu — maydon edi. Lendon kamchiliklarini yaxshi bilgan va ularni tuzatishga harakat qilgan. Lekin yuqori natijalarga qaramay, bir yil o'tgach, Donovanni “Bayer II”ga, uchinchi ligada to'p tepish uchun jo'natib yuborishadi. U erda ham futbolchi o'zini yomon namoyon etmadi: bir nechta gol urdi, terma jamoa bilan Olimpiya o'yinlariga bordi. Biroq baribir “Bayer”ning asosiy o'yinchisi maqomiga erisha olmadi. Bunda Donovanni ayblash qiyin. CHunki, har safar sababsiz holatda chempionlikdan quruq qolaversada, o'sha paytdagi Leverkuzen juda kuchli edi. MLSga qaytish hamma uchun foydali qaror edi. Donovanning o'ziga qolsa Kaliforniyaga qaytib “Los Angeles Galaxy”da o'ynamoqchi edi. Ammo “San Xose Ertkueyks” unga ko'proq qiziqish bildirdi.

Donovan oz fursatda o'zini ko'rsata oldi. Mavsum boshida 2 marotaba zaxiradan tushganidan so'ng, u asosiy tarkibga loyiqlgini isbotladi va yakunda 10ta gol kiritdi. Natijada klub G'arbiy Konferenciyada ikkinchi o'rinni egalladi. Kuzda Donovan, MLS Kubogida g'alaba qozonib, San-Xosetarixidaeng katta muvaffaqiyatning asosiy “aybdorlaridan” biriga aylandi. SHuncha “ishni qilib qo'ygan” Donovan termadan taklif olmasligi mumkin emasdi.

Qiziq, Portugaliya, Polsha va Janubiy Koreya turganda, AQSH birinchi o'rinni egallashiga kimdir ishonganmikan?! Buni amerikaliklarning o'zi ham kutmagan bo'lsa kerak. Portugaliyaning oltin avlodi deyilgan - Figu, Rui Koshta, Pauleta, Fernandu Koutulari bor Portugaliya, Olisadebe etakchi Polsha, hamda Gus Xiddink qo'l ostidagi mezbon Janubiy Koreya bor guruhda, Bryus Arena shogirdlari pley-offga chiqa olishdi.

1/8 finalda AQSH o'zining asosiy dushmani — Meksika termasi bilan uchrashgan. Makbrayd 8-daqiqadayoq hisobni ochgan bo'lsa, qahramonimiz raqib darvozasini 65-daqiqada ishg'ol qilgan va yakuniy hisobni o'rnatgan – 2:0. Tarixiy natijaqayd etildi, ammo Germaniyaga amerikaliklarning kuchi etmadi (0:1).

MLSda Donovan juda ko'p gol urishda davom etdi, natijada “Ertkueyeks” yana bir bor kubokka sazovor bo'ldi. Lendon esa taniqli futbolchiga aylandi va AQSHning eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega bo'ldi.

Donovan “San Xose”ning 87 o'yinida ishtirok etdi va 32 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. 3 yildan so'ng, qaxramonimiz yana “Bayer”ga qaytdi. Ammo asosiy jamoa libosida bor yo'g'i 7 bor maydonga tushdi. U baribir Germaniyada o'z o'rnini topa olmadi.

“Portsmut” ham o'yinchi xizmatlariga qiziqish bildirdi, biroq Donovan Kaliforniyaga — “Geleksi”ga qaytishni afzal ko'rdi. Los-Anjeles ham ziqnalik qilmadi va Donovanni Ligadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantirdi.

12 gol urib, 10 bor sheriklariga golli pas etkazib bergan Donovan MLSdagi o'zi uchun 3-kubokka ega chiqdi. Mehnatlari evaziga uni Liga tarixidagi eng yaxshi 11 futbolchi qatoriga kiritishdi. 2006 yil yozida Lendon AQSH termasining asosiy yulduzi sifatida jamoasini Germaniyaga, mundialga olib bordi. Ammo AQSH ijobiy natijaga erisha olmadi va musobaqani juda erta tark etdi. Donovan esa tanqidlar “yomg'iri” ostida qolib ketdi.

Klubga Devid Bekxem kelganidan keyin Donovan yanada ko'proq gol ura boshladi. 2008 yil noyabrida MLSda tanaffus bo'lgan bir pallada Lendon “Bavariya”ga yo'l oladi. Myunxenliklar tarkibida 5 o'yinda maydonga tushgan bo'lsa ham, germaniyaliklar uni butunlay sotib olishni istashmadi. “Geleksi”dagi yana bir omadli mavsumdan so'ng, Donovan “Everton”da o'zini sinab ko'radi. 13 uchrashuvda maydonga tushib, yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq topiladi. Biroq tumanli albionda ham futbolchi uzoq qolib ketmadi. “Everton”futbolchini olib qolmoqchi edi. Biroq sotib olishga moliyaviy axvol yo'l qo'ymasa, bir yillik ijaraga “Los-Anjeles”rozi bo'lmasdi.

MLSda Donovan deyarli barcha rekordlarga erishdi va tarixga kira oldi. Konfederaciyalar Kubogi–2009 kumush medalga sazovor bo'ldi. Termasi bilan JCH-10 va JCH-14ga bordi. Lekin Evropada chinakamiga o'ynab keta olmadi. 2014 yil dekabrida Donovan futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida elon qildi. MLS tarixidagi eng yaxshi to'purar, AQSH termasi tarixidagi eng yaxshi to'purar,”AQSHning yil sportchisi» nomiga sazovor bo'lgan birinchi futbolchi. Lendon Donovan faoliyati shunday yodga olinadi. Ammo buning barchasi Kaliforniya, nari borsa Amerika Qo'shma SHtatlari bo'ylab eslanadi.

Donovan faoliyatini yakunlagach, Amerika futboli qanchalik katta yo'qotishga uchraganini tushunish uchun bor yo'g'iAQSH termasi JCH-18 ga bormasligini eslash kifoya nazarimizda. Agar terma jamoa chiqa olganda ham maqtanishga arzigulik natijadan umid qilish qiyin edi. Axir jamoaning hozirgi tarkibidan Pulishichdan boshqa yana kimlarni taniysiz?


Xorij saytidan Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика