Lempardga transferlar uchun qancha mablag' ajratilishi malum bo'ldi
16 avg 2020 18:08
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/587057_original.jpg)
![](/upload/storage/587057_220.jpg)
Lempardga transferlar uchun qancha mablag' ajratilishi malum bo'ldi
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempardga yozda yangi futbolchilarni olib kelishi uchun 200 mln funt taqdim qilindi.
Bo'lajak mavsum oldidan "CHelsi" Xakim Ziesh hamda Timo Vernerning transferini rasmiylashtirib bo'lgan. Ular uchun klub 86 mln funt sarflaydi. Lempard esa transferlar oynasidagi rejalarini yakunlaganicha yo'q.
Angliyalik mutaxassisga "Lester" himoyachisi Ben CHilluell, "Vest Xem" tayanch yarim himoyachisi Deklan Rays va "Bayer" pleymeykeri Kay Xaverc kerak bo'lmoqda. Undan tashqari, "Ayaks"dan Andre Onana ham nishonga olingan.
Agarda "CHelsi" ko'zlangan futbolchilar bilan kelishuvga erisha olsa, ularning umumiy transfer narxi 200 mln funtni tashkil qilishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar