Lempard: "Kante – dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri"
09 avg 2020 12:37
Yangiliklar
Lempard: "Kante – dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri"
"CHelsi" bosh murabbiyi Frenk Lempard jarohatlangan Ngolo Kantening holati haqida gapirdi.
"Restartdan oldin tarkibda 4-5 nafar jarohatlangan futbolchilar bor edi. Kante - yaqqol misol bo'la oladi. U so'nggi 4-5 mavsumni yuqori saviyada o'tkazdi, shuningdek, murabbiylar ham undan to'g'ri foydalanishdi.
Ushbu mavsumda esa u 40 foiz o'yinlarda qatnashdi, unga ham og'ir bo'lmoqda. U bizga etishmadi. SHak shubhasiz, bizga Kante kerak.
U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Buni "CHelsi"ga kelmasimdan oldin ham bilardim. U bilan birga ishlab, bunga yanada amin bo'ldim. Umid qilamanki, Kante tezda safga qaytadi", - dedi Lempard.
Fikrlar