Lempard: "Bu eski "Real" emas, finalga "Bavariya" haqli edi"

Tolibjon Qosimov
2 may 2018, 11:20
Kecha bo'lib o'tgan "Real" - "Bavariya" (2:2) uchrashuvidan keyin sobiq futbolchi Frenk Lempard o'yin haqida gapirib o'tdi.

Uning fikricha, madridliklarga juda ko'p bor omad kulib boqmoqda.

"Bu oxirgi yillardagi eski "Real" emas. Hozir madridliklar pastroq darajada o'yin namoyish etishmoqda, finalga esa ularga doimo omad kulib boqayotgani sabab chiqishdi. Ko'ramiz, bunday holatda ular yana g'olib chiqa olishadimi. "Bavariya"? Aynan ular g'alabaga va finalga chiqishga haqli bo'lishganini hamma tushunib turibdi", - dedi Lempard "BT Sport" efirida.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: BT Sport