So’nggi yangiliklar

15:06ФИФА ЖЧ-2026 чипталарининг бошланғич нархини белгилади  1 14:38Россия – Иордания учрашувини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  4 14:11Бундеслига юлдузи трансфер ойнасининг сўнгги кунида МЮ таклифини рад этгани маълум бўлди  2 13:43Нагельсманн Германиянинг ЖЧ-2026даги мақсадини айтди  4 13:17Қозоғистондагилар "Реал" билан ўйин чиптаси билан боғлиқ фирибгарликлардан хавотирда  1 12:49Мажлис келишилган ўйинлар масаласини кўтарди  5 12:21Бенту қўлдан чиқди, навбат Гжегож Бржэнчшчикиевичга  81 12:00Анчелотти Неймарнинг Бразилия термасига нега чақирилмаганини изоҳлади  2 11:34Аргентина терма жамоаси собиқ бош мураббийи Бразилияда иш бошлади  2 11:13 Н'Голо Канте "Париж"га ўтиши мумкин эди  1 10:50Ислом Исмоилов: "Шогирдларим рақиб ким эканлигига қарамай ҳужумкор ўйин кўрсатишга интилишди"  13 10:30"Муҳсин, биз сен билан!"– Самарқандда ўзбек футболи юлдузлари иштирокида хайрия учрашуви ўтказилади  14 10:05"Аталанта" Лукманни жамоада олиб қолмоқчи   0 09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   2 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1

Legionerlarimiz qaysi agentliklar bilan ishlashadi? Yangiliklar

Legionerlarimiz qaysi agentliklar bilan ishlashadi?

Iyul oyida O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov "Bunyodkor"dan "Rostov"ga o'tgan edi.

Ushbu transferda "PROSPORTS MANAGEMENT" agentligi faol qatnashdi va ushbu o'z mijozini (Eldor SHomurodov) istiqbolli futbolchi sifatida "Rostov"ga tanishtirdi. Bugun, chet mamlakatlarda to'p tepadigan futbolchilarimiz bilan ishlaydigan agentliklarni tanishtirib o'tamiz.

PROSPORTS MANAGEMENT

"PROSPORTS MANAGEMENT" biz uchun begona agentlik emas. Ushbu tashkilot bilan Rossiyaning etakchi futbolchilari - Fyodor Smolov, Oleg SHatov, Sergey Ignashevich kabi o'yinchilar hamkorlik qilishadi. Eldor SHomurodovdan tashqari ushbu agentlik bilan O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ishlaydi.



EUROPE SPORTS GROUP

Ushbu agentlik juda mashhur bo'lmasada, tashkilot ko'proq janubiy va shimoliy amerikalik futbolchilar bilan ishlaydi. "Jubilo Ivata" safida maydonga tushayotgan Fozil Musaev ushbu agentlik mijozi hisoblanadi.


MARKOVIC & BINDER SPORTS MANAGEMENT GMBH

"MARKOVIC & BINDER SPORTS MANAGEMENT GMBH" agentligi bor-yo'g'i 9 nafar futbolchi bilan ishlagan bo'lsada, ularning 3 nafari o'zbekistonlik ekanligi etiborga molik. Jasur Hasanov ("Nasaf"), Bahodir Nasimov ("Ansan Grinners") va Sardor Rashidovlar ushbu agentik bilan ishlashgan.



WORTMANN SPORTMARKETING

"WORTMANN SPORTMARKETING" agentligi bir yo'la 3 nafar o'zbekistonlik bilan ishlagan ekan. Ayni damda Qatarning "Al-Sayliya" klubi sharafini himoya qilayotgan Temurxo'ja Abduholiqov, "Lokomotiv" himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev va "Ordabasi" hujumchisi Aleksandr Geynrix ushbu agentlik mijozi.


Malumotlar Transfermarkt.de saytidan olindi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика