Legionerlar misolida Osiyo futboli tahlili
02 avg 2013 19:08
Yangiliklar

Legionerlar misolida Osiyo futboli tahlili
Mamlakat futbolini baholashda terma jamoa va klublarning erishayotgan natijalari asos qilib olishini muxlislarga yaxshi malum.
Lekin birinchi navbatda baribir terma jamoalarning ko'rsatkichi ko'proq ahamiyatga ega. Terma jamoa natijasi ijobiy bo'lishi uchun yoki kuchli chempionat, yoki xorij birinchiliklarida o'ynaydigan yaxshi saviyadagi futbolchilarga ega bo'lish lozim. Osiyo futbolining rivojlanib borishida aynan Evropada faoliyat olib borayotgan o'yinchilar katta hajmda ish bajarishmoqda. Biz jahon chempionati saralash bahslarida qitamizda uchinchi raundga chiqqan barcha jamoalarning tarkiblarini ko'zdan kechirib, ularning Evropada o'ynaydigan futbolchilari, qaysi chempionatda harakat qilishlari va boshqa malumotlar bilan o'quvchilarimizni tanishtirib o'tishga qaror qildik.
Kuchli chempionatlarga ega bo'lmagan mamlakatlarning asosiy maqsadi yaxshi saviyadagi futbolchilarni etishtirib chiqarish bo'lib, shu orqali terma jamoaning muvaffaqiyatga erishishi talab etiladi. Afrikada ko'plab davlatlar shunday yo'ldan borishadi. Buning uchun o'sha erda murabbiylarning jonini jabborga berib, yuqori saviyali futbolchilarni tarbiyalashi zarur bo'ladi. Oxirgi yillarda bizdan Evropaning eng kuchli besh mamlakatida to'p tepadigan futbolchilar etishib chiqqani yo'q. O'rta toifaga kiruvchi davlatlardan Rossiyada o'yinchilarga egamiz. Biz uchun eng yuqori cho'qqi haligacha Rossiya yoki Ukraina bo'lib kelmoqda. Bundan xulosaga kelish mumkinki, klublarda ishlayotgan murabbiylar iqtidorga ega bo'lgan futbolchilarni katta futbolga to'g'ri moslashtira olishmayapti. Yoki o'yinchilarning o'zlari shunday saviyaga chiqib borish potencialiga ega emaslar. Ular uchun yuqori cho'qqi yoshlar toifasida muvaffaqiyatli to'p tepish xolos. Boshqa tarafdan bazi murabbiylarning haligacha mashg'ulotlar o'tkazishda eski uslublardan foydalanishadi. Zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish uchun ishtiyoq yo'qdek. Keling, qaysi davlatlar Evropadagi chempionatlarga necha nafardan futbolchilar etishtirib berganini raqamlarda ko'rib o'tamiz. Bunda biz milliy terma jamoaga muntazam jalb etilayotgan futbolchilarni ro'yxatga kiritdik.
YAPONIYA
Yaponlar qita futbolida yaqqol etakchilik qilishmoqda. Oxirgi 4 Osiyo Kubogining 3tasida ular zafar quchishdi, to'rt jahon chempionatida ishtirok etishdi va beshinchisiga ham yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Dastlab milliy ligani tashkil etib, uni har taraflama professional ko'rinishga keltirgan “samuraylar” yurtida dastlabki ikki divizionida o'ynaydigan jamoalarning stadionlari va sharoitlar bir-birinikidan katta farq qilmaydi. CHempionatga tajribali legionerlarni taklif qilgan yaponlar keyinchalik o'sha o'yinchilardan ko'p narsalarni o'zlashtirgan mahalliy futbolchilarni Evropaga sotishni boshlashdi. Natijada hozir milliy terma jamoaga chaqirilayotgan 16 nafari ko'hna qitadagi birinchiliklarda to'p tepishyapti. 8 nafar futbolchi Germaniya bundesligasi, 3 nafari Angliya va yana biri Italiyada o'ynamoqda. Ushbu natija Osiyo davlatlari uchun eng yaxshi ko'rsatkichdir. Boshqa hech bir mamlakat terma jamoasida kuchli beshlikda o'ynaydigan 12 nafar futbolchi mavjud emas. SHuningdek, o'rta darajadagi chempionatlarda yana 4 yapon futbolchisi to'p tepadi. SHuning o'zi ham Yaponiya terma jamoasining asl kuchini ko'rsatib turibdi. Bejizga ular shu asrda Osiyo futbolida etakchilikni qo'lga olishmagan. Yanayam Janubiy Koreya va Xitoy chempionati klublarida faoliyat ko'rsatayotgan futbolchilarni ro'yxatga qo'shib o'tirmadik. CHunki bunda ularning soni 30ga yaqinlashib qolardi. Bizningcha, futbolchini tarbiyalab borish tizimida yaponlar jahonning ko'plab davlatlariga dars bera olishadi. U erda istedodlar deyarli yo'qolib qolmayati.
Bundesliga
Acuto Uchida “SHalke”, Xiroku Sakai “Gannover”, Gotoki Sakai “SHtutgart”, Makoto Xasebe “Volfsburg”, Xajime Xosogai “Gerta”, Xirokashi Kiyotake “Nyurnberg”, Takashi Inui “Ayntraxt”, SHinji Okazaki “Maync”
Qolgan kuchli beshlik
Yuto Nagatomo “Inter”, SHinji Kagava “MYU”, Maya Yoshida “Sautgempton”, Rio Miyaichi “Arsenal”
Eyji Kavashima “Lers” Belgiya, Keysuke Xonda CSKA Rossiya, Yuki Ocu VVV Gollandiya, Mayk Xavenaar “Vitess” Gollandiya
AVSTRALIYA
Avvallari xorijda eng ko'p futbolchilarga ega bo'lgan Avstraliya hamon legionerlarning umumiy soni borasida OFKga azo davlatlar ichida peshqadam. Lekin ularning barchasi milliy terma jamoaga jalb etilmayapti. Futbolchilar yangi muhitgi ko'nikishda qiyinchilikka duch kelmasligi va jismoniy jihatdan yuqori tayyorgarlikka ega bo'lgani sababli bu mamlakat o'yinchilariga talab hamisha yuqori. Hozirgi paytda APL va chempionshipda 5 nafar futbolchi o'ynamoqda. Germaniya va Italiyadagi futbolchilar soni ham shuncha. Gollandiya, AQSH, Qatar, SHotlandiya, Yaponiya va Rossiyada avstraliyalik futbolchilar borligiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Terma jamoa asosini faqat xorijda to'p tepadigan o'yinchilar tashkil qilishadi. 18-19 yoshdayoq futbolchilar chet elga yo'l olishadi. Bu Avstraliya futbolining o'zgarmas ananasiga aylanib ulgurgan. Ularga bo'lgan qiziqish doimo yuqori. Unchalik kuchli futbolchilar yo'q deb aytilgan hozirgi avloddan ham 10 nafardan ortiq o'yinchi allaqachon xorijdan klub topishga muvaffaq bo'lgan.
Angliya
Mark SHvarcer “CHelsi”, Adam Federichi “Riding”, Rayl Uilyams “Midlsbro”, Neyl Kilkenni “Bristol Siti”, Mayl Jedinak “Kristall Pelas”
Kuchli beshlik
Mate Langerak “Borussiya”, Nikita Rukavica “Maync”, Terri Antonis “Parma”, Karl Valeri “Sassuolo”, Robbi Kryuz “Bayer”
Lyuk Uilkshir “Dinamo”, Sasha Ognenovski “Umm Salal”, Mark Breshiano “Al Garafa”, Tim Keyxill “Nyu York”, Tommi Oar “Utrext”, Jek Rogich “Seltik”, Joshua Kennedi “Nagoya Grampus”
JANUBIY KOREYA
Janubiy Koreya terma jamoasida ham legionerlar ko'p ekanligini muxlislar yaxshi bilishadi. Lekin mahalliy ligadan terma jamoaga anchagina futbolchilar chaqiriladi. Milliy terma jamoa yig'iniga o'nga yaqin futbolchilar jalb etiladi. Ularning barchasi Angliya va Germaniya chempionatlarida to'p tepishadi. Bundesligada esa koreyslar klublarining etakchi futbolchilariga aylanib ulgurganlar. Ku Ja CHol va Son Xyon Min o'tgan mavsumda bundesligada olqishlarga sazovor bo'lishdi. Angliyada o'ynayotganlardan Ki Sun Yun va Kim Bo Kyun o'z jamoalarining asosiy tarkib futbolchilaridir.
Park Ju Xu “Maync”, Yun Suk Yon “KPR”, Li CHun Yong “Bolton”, Kim Bo Kyun “Kardiff Siti”, Ki Sun Yun “Suonsi”, Ku Ja CHol “Volfsburg”, Ji Don Von “Sanderlend”, Son Xyon Min “Bayer”, Park CHu Yong “Arsenal”
ERON
Eronda har doim bir necha nafardan futbolchilar Evropaning kuchli chempionatlarida o'ynab kelishadi. Hozir bu ananani SHojai, Dejaga va G'uchonnajod davom ettirib kelyapti. Dejaga “Fulxem”ning etakchi yarim himoyachilaridan biri. G'uchonnajod esa Belgiyada to'purarlik mahoratini namoyish etishga ulgurdi. Darvozabon Omid Nazari esa SHveciya chempionatida faoliyat ko'rsatyapti. Albatta, Eronda kuchli milliy chempionat borligini inkor etib bo'lmaydi.
Masud SHojai “Osasuna”, Rizo G'uchonnajod “Standart”, Ashkon Dejaga “Fulxem”, Omid Nazari “Angelxolms”
O'ZBEKISTON
Navbat o'zimizga etib keldi. Evropada o'rta saviyadagi chempionatlardan biri sifatida etirof etiluvchi Rossiyada ikki nafar legionerga egamiz. Ahmedov va Denisov Rossiyaning etakchi klublarida o'ynab kelishyapti. Hozircha bu biz uchun eng baland pog'ona. Xitoy, Koreya, Qozog'iston, Qatar va Ozarbayjon chempionatlarini kuchlilar qatoriga qo'shish qiyin. SHunga qaramay, hech bo'lmasa xorijda futbolchilarimiz soni ortib borayotganining o'zi katta yutuq. CHunki bundan o'rnak olishga intilib, yoshlar mehnat qilishda davom etishadi. Futbolchilarning dunyoqarashi o'zgaradi. Faqat endi moliyaviy yaxshiroq taklifni qabul qilavermay, o'sish uchun kamroq maoshli o'tishlarni ham tanlash vaqti etib keldi. Aytaylik, Ahmedov qulayroq Qatar variantidan ko'ra Rossiyani tanlagandi. Uning adashmaganligini ko'rib turibmiz. Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan qitadoshlarimiz orasida faqat bizdan Evropaning kuchli beshlik birinchiliklarida o'ynaydigan futbolchilar yo'qligini takidlab o'tish lozim. Demak, yuqori saviyadagi o'yinlarda orttirilgan tajriba shunday muhim pallalarda asqotadi. Bunga yana bir bor guvoh bo'ldik.
SHavkat Mullajonov “Liaoning”, Anzur Ismoilov “CHanchun Yatay”, Vitaliy Denisov “Lokomotiv”, Server Jeparov “Seongnam”, Odil Ahmedov “Anji”, Fozil Musaev “Al Muayzir”, Temur Kapadze “Aktobe”, Aleksandr Geynrix “Aktobe”, Marat Bikmaev “Aktobe”, Ulug'bek Baqoev “Irtish”, Bahodir Nasimov “Neftchi”
QUVAYT
Qanchalik ajablanarli tuyulmasin, arab mamlakatlari ichida Quvayt boshqalardan ustunroq ekan. Darvozabon Rashidi Angliya chempionshipi azosi “Nottingem Forest” sharafini himoya qilib kelayotgan bo'lsa, hujumchi Misham CHexiyaning “Pribram” klubi azosi sanaladi. Xitoy, Saudiya Arabistoni, Qatarda terma jamoalarga birorta legioner taklif etilmaydi. CHunki futbolchilar mahalliy klublarda faoliyat ko'rsatishadi. Har uch davlatda klublar futbolchilarga juda yaxshi maosh to'lashlarini inobatga olsak, buni tushunish mumkin. Bizga jahon chempionati saralash bahslarida navbatdagi raqib Iordaniyada esa 6 nafar legioner bo'lib, ularning barchasi arab davlatlari chempionatida to'p tepadi. Arab mamlakatlarida asosan Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAga boshqa davlatlardan futbolchilar kelib o'ynashini Osiyo futboliga qiziqadigan insonlar yaxshi bilishadi. CHunki deyarli o'sha sharoitda ko'proq maosh olib o'ynash imkoniyati ushbu davlatlarda mavjud.
Xolid Rashidi “Nottingem Forest”, Abdulaziz Misham “Pribram”
SURIYA
Suriya terma jamoasi hujumchisi Sanharib Malki ikki mavsum mobaynida Gollandiya oliy divizioni vakili “Roda”da to'purarlik mahoratini ko'rsatdi. Yozda esa Malki Turkiyaning “Qosimposho” klubiga ko'chib o'tdi.
Sanharib Malki “Qosimposho”
UMMON
Ummon safidagi yagona legioner ko'p yillar APLda o'ynadi. O'tgan mavsumda “Uigan” chempionshipga tushib ketdi. Mahoratli darvozabon bejizga Angliya klubi etiborini tortmaganini isbotlab berdi.
Ali Al Habsi “Uigan”
KXDR
KXDRning Evropada o'ynaydigan birgina futbolchisi CHa Jon Xyok bo'lib turibdi. U SHveycariyaning “Vil” klubida o'ynaydi. Lekin Janubiy Koreya, Xitoy va Tailandda KXDR milliy terma jamoasiga nomzod bo'lgan bir necha futbolchilar faoliyat olib borishmoqda.
CHa Jon Xyok “Vil”
INDONEZIYA
Bundan 15 yilcha avval Osiyoda ko'zga ko'ringan jamoalardan biriga aylanishga intilgan Indoneziyada esa kuchli beshlikda o'ynaydigan bir futbolchi bor. Biroq u ham birinchi divizionda to'p tepadi. Adam Svandi “Mec” sharafini himoya qilib kelmoqda.
Adam Svandi “Mec”
LIVAN
Bu gap g'alati tuyular, lekin Livan safida Evropaning etakchi chempionatlarida faoliyat ko'rsatadigan futbolchilar ko'p yillardan beri mavjud. Yusuf Muhammad va Roda Antardan so'ng Franciyaning “Lion” jamoasi tarkibida Filipp Paoli buni bajaradi. Iqtidorli futbolchi yil boshida lionliklar bilan shartnoma imzolagan. Suni Saad esa AQSH futbol ligasining “Sporting Kanzas” jamoasi sharafini himoya qiladi.
Filipp Paoli “Lion”, Suni Saad “Sporting Kanzas”
Biz saviya borasida o'zimizdan orqada deb hisoblaydigan bazi mamlakatlar allaqachon Evropaning etakchi chempionatlarida muqim o'ynagan va o'ynayotgan futbolchilarga ega. Demak, futbolchini to'g'ri tarbiyalab borishda ular bizdan qolishgani yo'q. Terma jamoamizni jahon chempionati final bosqichida ko'rishni istar ekanmiz, saviyasi yuqori birinchiliklarda o'z futbolchilarimizga ega bo'lishimiz kerak. Keskin va shiddatli uchrashuvlarda qanchalik ko'p ishtirok etishsa, futbolchilarga bu shunchalik foydali bo'ladi.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar