So’nggi yangiliklar

10:09Футбол, Ҳасанбой ва бошқалар. Бугун Париж Олимпиадасида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг  1 10:00УзПФЛ. «Нефтчи» етти нафар футболчини рўйхатдан ўтказди ва яна шунча футболчи билан хайрлашди  1 09:28FourFourTwo. Футбол тарихидаги энг яхши таянч яримҳимоячилар рейтинги тузилди  3 08:56Ибаи Гомес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда ғалаба қозонсак, кейинги босқичга йўл олишимизга ишонаман"  5 08:25«Насаф» собиқ дарвозабони ва яна икки нафар футболчи. «Қўқон-1912» уч нафар футболчи билан шартнома тузди  1 07:55Канада терма жамоаси гуруҳда иккита учрашувда ғалаба қозонди, бироқ уларда ҳозирча 0 очко. Қандай қилиб?  2 07:24Бугун Доминикан Республикасига қарши майдонга тушамиз  19 01:30Педри ваъдасида туриб, мўйлов қўйди  4 00:30Левандовски: "Мбаппе - "Барселона" учун қўшимча мотивация"  5 00:00Назорат учрашувида "Пахтакор" "Машъал"га мағлуб бўлди  5 23:45"Челси" билан музокара ўтказган Кьеза "Тоттенхэм"га ўтиши мумкин  1 23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  3 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  1 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  5 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2

Legionerlar. Husniddin G'ofurov - "Yavor" etakchisi! (VIDEO) Yangiliklar

Legionerlar. Husniddin G'ofurov - "Yavor" etakchisi! (VIDEO)

Husniddin G'ofurov nomi oldin ko'pchilikka tanish emasdi. Bu futbolchi Serbiya chempionatiga ketdi-yu, muxlislar uning nomini tez-tez tilga ola boshlashdi. OAVda bu futbolchi bilan bog'liq yangiliklar yoritila boshlandi.
Husniddin G'ofurov bugungi kunda Serbiya birinchi ligasining "Yavor" klubi sharafini himoya qilmoqda. CHempionat tugashiga ikki tur qolganda "Yavor" 57 ochko bilan ikkinchi o'rinda boryapti. Agar jamoa mavsum oxirigacha shu o'rnini saqlab qolsa, yoki birinchi o'rinni qo'lga kiritsa, to'g'ridan-to'g'ri Serbiya Superligasiga yo'l oladi. Mabodo uchinchi o'ringa tushib ketgudek bo'lsa, unda superliganing 14-o'rindagi jamoasi bilan pley-off uchrashuvida ishtirok etadi.



Reglamentga ko'ra, Serbiya superligasini chempionat oxirida 15-16-o'rinlarni egallagan jamoalar tark etadi va birinchi ligadan 1-2-o'rin egalari chiqadi. Birinchi ligadagi uchinchi o'rin egasi esa oliy ligadagi 14-o'rin jamoasi bilan pley-off uchrashuvida maydonga tushadi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod Husniddin G'ofurov "Yavor" tarkibida 11-raqamda harakat qilmoqda. Bundan to'rt tur oldin uning jamoasida bosh murabbiy o'zgardi. SHundan beri hamyurtimiz asosiy tarkibning muntazam o'yinchisi sifatida to'p tepmoqda. G'ofurovning Serbiya oliy ligasida faoliyat olib borishiga juda ozgina qoldi. "Yavor" yana ikki o'yinda ijobiy natija qayd etsa, qarabsizki, superliga chiptasi cho'ntakda bo'ladi. Jamoa kecha o'z maydonida "Kolubara"ni qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi. Undan oldin esa "Metalak" maydoniga safar uyushtirib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu o'yinlarda Husniddin to'liq harakat qildi.



Futbolchining o'zi bilan bog'langanimizda quyidagi fikrlarni aytib o'tdi: "CHempionat tugashiga kam vaqt qolyapti. SHanba kuni "Slaboda" maydoniga safar qilamiz. Mana shu o'yin biz juda muhim ahamiyatga ega. G'alaba qozonsak, superliga yo'llanmasini qo'lga kiritamiz".

"Jamoamizda yangi murabbiy ish boshlaganidan beri muntazam asosiy tarkibda o'ynab kelyapman. Bu erda o'yinlar saviyasi baland, tezlik yuqori, jamoalar oxirigacha qattiq kurash olib borishadi. Murabbiy meni raqibning kuchiga qarab uch joyda sinab ko'ryapti: o'ng va chap qanot yarim himoyasida, shuningdek hujumchi ortida. Har uchala joyda ham o'zimni qulay his qilyapman", - deydi yosh futbolchi.



Qizig'i shundaki, hamyurtimiz bu yilgi mavsumda hozircha gol urgani yo'q. Bu haqda o'zidan so'raganimizda shunday javob berdi: "Nima sababdan to'p kirita olmayotganimni o'zim ham tushunmayapman. Vaziyatlar bo'lyapti, lekin hozircha gol ura olganim yo'q. Ammo imkon qadar sheriklarimni to'p bilan taminlashga harakat qilyapman".

"Yavor" klubi unchalik katta bo'lmagan Ivanica shahri sharafini himoya qiladi. Jamoa uy uchrashuvlarini 4000 kishini sig'dira oladigan stadionda o'tkazadi. Husniddin G'ofurovning aytishicha, klub rahbariyati futbolchimizga stadion yaqinidan uy-joy qilib bergan.

"Hozir bir o'zim yashayapman, - deydi farg'onalik yarim himoyachi. - Bu erda do'stlarim ko'p, lekin o'zbeklardan faqat o'zimman. Mashg'ulotdan keyin bo'sh vaqtimda tanishlar bilan yig'ilib ko'rishib turamiz. SHuningdek, ko'pincha kitob o'qishni xush ko'raman. Bu erda o'ynab mahalliy tilni ham o'rganib oldim. Murabbiyning ko'rsatmalariga to'liq tushunaman. Yana ikki turdan so'ng bizda chempionat tugaydi. SHundan keyin uyga borib kelmoqchiman. Nasib qilsa, kelasi yilni ham "Yavor" tarkibida o'tkazaman va jamoamiz Superligaga chiqsa, elitada o'ynash niyatim bor".



Husniddin G'ofurov xulq-atvori joyida futbolchilar sirasiga kiradi, xarakteri ham yaxshi. O'zini katta olmaydi. Bundan o'yinchilarning ko'paygani maqul. Aytib o'tganimizdek, u O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchi sanaladi. Qolaversa, o'tgan yil Mirjalol Qosimov boshchiligidagi milliy terma jamoamizga ham jalb etilgan. O'zini ko'rsatib, yaxshi o'ynashda davom etsa, bir kun kelib terma jamoamizning ham asosiy tarkib futbolchisiga aylansa ajab emas. Biz bu yo'lda unga omad tilab qolamiz. SHuningdek, "Yavor"dan ham tez orada Superliga yo'llanmasini rasmiylashtirishini kutib qolamiz.


Quyida "Yavor"ning "Metalac"ga qarshi o'tkazgan o'yinining sharhini tomosha qiling. Unda "Yavor" futbolchilari oq rangli futbolkada o'ynagan. Husniddin G'ofurovning raqami 11.

TAS-IX


TAS-IX emas




X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика