Legionerlar. Bugun Masharipov, SHukurov va G'aniev jamoalari o'ynaydi
18 apr 2023 14:47
Yangiliklar


Legionerlar. Bugun Masharipov, SHukurov va G'aniev jamoalari o'ynaydi
Turkiya
O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek SHukurovning "Karagyumruk" jamoasi Turkiya Superligasi 30-turida o'z maydonida chempionat autsayderlaridan biri "Umraniespor"ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi.
Malumot uchun, "Karagyumruk" 37 ochko bilan 9-o'rinda borayotgan bo'lsa, "Umraniespor" 18-o'rinni band etib turibdi.
BAA
Aziz G'anievning "SHabab Al Ahli" klubi BAA Arab ko'rfazi ligasi 23-turida "Al Nasr" mehmoni bo'ladi. "SHabab Al Ahli" ayni paytda etakchi bo'lib turgan bo'lsa, raqib 9-pog'onadan joy olgan. O'yin Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.
Saudiya Arabistoni
Jaloliddin Masharipovning "Al Nassr" klubi safarda "Al Hilol" bilan bahs yuritadi. Uchrashuv 00:00 da boshlanadi.
Malumot uchun, "Al Nassr" 53 ochko bilan ikkinchi, "Al Hilol" esa 46 ochko bilan to'rtinchi o'rinda boryapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar