So’nggi yangiliklar

11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  17 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  0 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  0 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3

Lebyof: “SHu ruhda davom etsa, u simulyant sifatida tarixga kiradi” Yangiliklar

Lebyof: “SHu ruhda davom etsa, u simulyant sifatida tarixga kiradi”

1998 yilda Franciya terma jamoasi safida jahon chempionligiga erishgan Frank Lebyof PSJ hujumchisi Neymarning ECHL 5-turida “Liverpul”ga (2:1) qarshi kechgan bahsdagi harakatlarini tanqid qildi.

“Neymar – dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, ammo bu o'yinda uning harakatlarini kuzatish uyatli edi. Agar u shu ruhda davom etsa, ajoyib futbolchi sifatida emas, “simulyant” sifatida tarixga kiradi.

Hakamning o'rnida bo'lganimda uning “provokaciya”lariga uchmagan bo'lardim. Uning to'rtta yiqilish “sahnasi”dan uchtasi artistlarnikidek edi. Bunaqa holat ko'pchilikni g'azabini keltirdi.

U bizning davrimizda to'p tepganida allaqachon faoliyatiga chek qo'yilgan bo'lardi. Neymar muxlislar va boshqa futbolchilarni hurmat qilmayapti. Men hech qachon Firmino, Mbappe yoki Kavani o'zini bu tariqa tutganini eslolmadim.

JCH-2018 da ham u xuddi shunday harakat qildi. Qachon bu hol tugaydi? U “Liverpul” bilan o'yinda yaxshi o'yin ko'rsatdi, ammo har safar uning yiqilishlarini tomoga qilish yoqimsiz holat bo'ldi. Menimcha, uni jamoadoshlari va raqib futbolchilarining fikri umuman qiziqtirmaydi”, deya Lebyofning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda RMC Sport.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика