Lebef: "Terri yana 2-3 yil yuqori saviyada to'p sura oladi"
21 sen 2014 11:34
Yangiliklar
Lebef: "Terri yana 2-3 yil yuqori saviyada to'p sura oladi"
"CHelsi"ning sobiq futbolchisi Franko Lebef "Aristokratlar" sardori Jon Terrini yana bir necha yil yuqori saviyada to'p sura olishiga ishonadi.
"O'ylaymanki, Terri yana 2-3 yil yuqori saviyada to'p sura oladi. U ajoyib formada va ishonchli harakat qilmoqda. U endi 33 yoshga to'ldi va mavsumni ajoyib o'tkazmoqda.
U Gari Keyxill bilan birgalikda Angliyaning eng kuchli himoya qo'rg'onini tashkil etadi", - deydi Lebef.
U Gari Keyxill bilan birgalikda Angliyaning eng kuchli himoya qo'rg'onini tashkil etadi", - deydi Lebef.
Fikrlar