So’nggi yangiliklar

02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  0 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  1 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  2 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  0 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0 00:15U-23 Осиё Кубоги. Эрон - Ўзбекистон 0:0  0 23:55Семеньо Агуэродан кейин энг яхши дебютант бўлди  1 23:13Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола  5 22:59Африка Миллатлар кубоги. Нигерия Жазоирни мағлуб этиб, ярим финалга йўлланма олди  2 22:44"Фенербаҳче" - Туркия Суперкубоги соҳиби!  4 22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  24

"Laxviya" - "Bunyodkor". Bosh hakam haqida Yangiliklar

"Laxviya" - "Bunyodkor". Bosh hakam haqida

OCHL 4-turidan o'rin olgan "Laxviya" - "Bunyodkor" o'yiniga ummonlik Abdulloh Al Hiloli boshchiligidagi hakamlar brigadasini tayinladi.
1970 yilda tug'ilgan bu hakam xalqaro faoliyatini 2002 yilda boshlagan. Umuman olganda bu hakam jamoalarimiz ishtirokidagi jami 12ta o'yinda ishlagan. SHundan 5tasida g'alaba va 7tasida durang qayd etilgan. Bu hakam ishtirokidagi hech bir uchrashuvda jamoalarimiz mag'lub bo'lishmagan.

2009 yil OCHL guruh bosqichida "Paxtakor" BAAda "Al Ahli" mehmoni bo'lib 2:1 hisobida zafar quchgan. 2008 yil "Bunyodkor" Eronda "Sepaxon" bilan (1:1), 2009 yil Toshkentda "Al SHabab" bilan (0:0), 2012 yil Avstraliyada "Adelaida Yunayted" bilan (2:2) durang o'ynaganida aynan shu hakam uchrashuvda bosh hakam bo'lgan.

2012 yil OCHL guruh bosqichi doirasidagi "Istiqlol" - "Nasaf" uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etilgan edi. SHu yil OCHL 1-turidan o'rin olgan “Nasaf” – “Traktorsozi” (2:1) o'yinini ham Hiloli boshqarib bordi.

2009 yilgi OFK kubogi chorak finalida "Neftchi" o'z uyida "Sout CHayna" klubini 5:4 hisobida mag'lub etgan.

Al Hiloli turli yoshdagi terma jamoalarimizning 5ta o'yinida ishlagan. JCH-2010 saralashi doirasidagi Livanga qarshi safardagi bahsda O'zbekiston 1:0 hisobida g'alaba qozongan. 2011 yil Qatardagi Osiyo Kubogi doirasidagi Xitoy - O'zbekiston o'yinida durang qayd etilgan - 2:2.

2012 yil olimpiada saralashida olimpiya terma jamoamiz Avstraliya bilan safarda 0:0 hisobida durang o'ynagan. JCH-2014 saralashida O'zbekiston safarda Livan bilan durang o'ynab qaytgan - 1:1. Nihoyat 2014 yil U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Indoneziya 3:1 hisobida taslim qilingan.

OCHL. 4-tur. "A" guruhi
“LAXVIYA” – “BUNYODKOR”
8 aprel 2015. Doha. “Abdulloh Bin Halifa” stadioni. 21:30
Bosh hakam:
Abdulloh Al-Hiloli (Ummon)
Qanot hakami 1: Hamid Al-Mayahi (Ummon)
Qanot hakami 2: Muhammad Abdulloh Muborak (Ummon)
Zaxira hakami: Mazaryu Omar Muborak (Ummon)
Nazoratchi: Xidoyat Mombeni (Eron)
Komissar: Kemel Tokabaev (Qirg'iziston)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика