Lautaro Martines “Barselona”ning qiziqishlariga munosabat bildirdi

17 yanv 2020, 07:25
Kataloniyaliklar “Inter” hujumchisini sotib olish niyatida.

“Men hozir “Inter” futbolchisima. Bu yerda baxtli ekanligimni takidlashni xohlardim. Bu yerdagi odamlar meni yaxshi ko'radi. Agar shunday mish-mishlar paydo bo'lgan bo'lsa, demak, mening faoliyatim muvaffaqiyatli kechayotgan ekan. Juda xotirjam va baxtliman. “Inter”da o'zimni juda ham qulay his qilyapman”, - deydi Lautaro.

22 yoshli hujumchi joriy mavsum A Ceriya doirasida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi. Uning “Inter” bilan shartnomasi 2023 yil yoziga qadar tuzilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tyc Sports