Laporta: "Xavi aniq "Barselona"ni boshqaradi"
14 dek 2020 01:18
Yangiliklar


Laporta: "Xavi aniq "Barselona"ni boshqaradi"
"Barselona" prezidentligiga nomzod Joan Laporta ayni paytda Qatarning "Al Sadd" klubida faoliyat yuritayotgan Xavi haqida gapirdi.
"Xavi, albatta, "Barselona"ni boshqaradi. Unga biroz vaqt kerak. Men Xavi bilan yaxshi munosabatdaman, aniq bilaman, u katalon klubida ishlamoqchi. Bazi futbolchilar faoliyati tugagandan keyin futboldan uzoqlashadi, ammo ular orasida Xavi yo'q", - Laportaning so'zlarini keltirdi Ara.cat.
Eslatib o'tamiz, Xavi "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub libosida 767 o'yin o'tkazib, 85 gol va 184 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar