Laporta: "Roselning skut saqlashi "Barselona" imijiga zarar etkazadi"
23 jan 2014 19:10
Yangiliklar


Laporta: "Roselning skut saqlashi "Barselona" imijiga zarar etkazadi"
"Barselona" sobiq prezidenti Xuan Laportaning fikricha, klubning amaldagi prezidenti Sandro Rosel Neymar transferi borasida hozirgi vaqtda yuzaga kelgan tushunmovchilik va gap so'zlarga oydinlik kiritib o'tishi lozim.
"Sandro Rosel "Barselona" futbol klubida ishlayotgan barchaga vaziyatni tushintirib berishi kerak. Bunga ularning haqqi bor.
Uning skut saqlashi klub imijiga zarar etkazadi", - dedi Laporta.
Eslatib o'tish joizki, ayrim malumotlarga ko'ra Neymar kataloniyaliklarga avval aytilganidek 57 million evroga emas, ancha ko'proqqa tushgan. Bu borada hozirda tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Fikrlar