Laporta Leoning shartnomasini muhokama qilish uchun Messining otasi bilan uchrashdi. "Barsa" sardori ikki yildan so'ng AQSHga yo'l olmoqchi
29 apr 2021 10:38
Yangiliklar
Laporta Leoning shartnomasini muhokama qilish uchun Messining otasi bilan uchrashdi. "Barsa" sardori ikki yildan so'ng AQSHga yo'l olmoqchi
"Barselona" sardori Lionel Messi Kataloniya klubida qolishi mumkin.
"Barsa" prezidenti Joan Laporta o'yinchining otasi va agenti Xorxe Messi bilan uchrashdi. Ular restorandagi kechki ovqatda Messining shartnomasi bilan bog'liq vaziyatni muhokama qilishdi. Qayd etish kerakki, muzokaralar pozitiv kayfiyatda o'tdi.
Xorxe Messi klubning hozirgi iqtisodiy ahvolidan xabardor - uning o'g'li birinchi yilda yangi shartnomaga binoan ish haqini ikki baravar qisqarishiga tayyor. SHu bilan birga u uzoq muddatli shartnoma haqida o'ylamoqda - 10 yilga.
Leo futbolchi sifatida o'ynashni davom ettirishi, keyin MLS'ga yo'l olishi, shundan so'ng esa "Barselona"ning sport departamentiga qaytishi mumkin.
Fikrlar