Laporta Kumanning tarafini oldi
07 sen 2021 21:18
Yangiliklar
Laporta Kumanning tarafini oldi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoa ustozi Ronald Kuman haqida to'xtalib o'tdi.
"Menga Kuman yoqadi. Biz "Xetafe"ni yutdik, ularga qarshi o'yin har doim ham oson kechmaydi. Murabbiyning oldida turgan jarohatlar bilan bog'liq muammolarini inobatga olsak, uning malum bir xizmatlari bor.
Men Ronald bilan gaplashdim, u barcha murabbiylar kabi mening qo'llab-quvvatlashimdan, ishonchimdan foydalanmoqda.
Yoxan Kroyffning modeli muhokama qilinmaydi. Kuman Kroyff tizimini hurmat qiladi, ammo har bir inson tizimni o'ziga moslab oladi", – dedi Laporta.
Fikrlar