Laporta Bartomeuning xatolari borasidagi yana bir hisobotni ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
16 avg 2021, 23:53
"Barselona" prezidenti Joan Laporta o'zidan oldin ishlagan Jozep Bartomeuning xatolari borasidagi yana bir hisobotni ma'lum qilgan.

"Biz agent bo'lmagan insonlarga ham pul to'langanligini aniqladik. Bu klub byudjetiga 40 million evro zarar keltirgan. Futbolchilarni sotib olayotganda klub qo'shimcha 8 million evrodan, sotayotganda esa 2 million evrodan to'langan. Janubiy Amerikada futbolchi topish bilan shug'ullanadigan insonga esa 8 million evro to'langan", - dedi Laporta.

Bartomeu 2014 yilning oktyabridan 2020 yilga qadar klub prezidenti sifatida ishladi. O'tgan safargi bayonotda Laporta klubning qarzlari 1,35 milliarddan oshib ketganini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal