Landi-landi, kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash boshlandi!
27 jan 2014 10:30
Yangiliklar

Landi-landi, kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash boshlandi!
Kuni kecha O'zbekiston Professional futbol ligasining rasmiy saytida O'FF prezidenti Mirabror Usmonovning chiqishi chop etildi.
Unga ko'ra 2014 yildan etiboran O'FF va PFL O'zbekiston ichki chempionatidagi kelishilgan o'yinlarga qarshi jiddiy kurashadi. Kasalini yashirsang issig'i oshkor qiladi”. Stadionga tashrif buyurayotgan muxlislar soni keskin tushib ketdi. Muxlisni aldab bo'lmaydi. Bundan buyon kelishilgan o'yinlarda ishtirok etayotgan hakamlar, futbolchilar va murabbiylar jiddiy tarzda jazolanadi. Ularni futboldan butunlay chetlatilishi va bu borada tegishli organlar bilan hamkorlik qilinishi haqida ham aytib o'tildi. Demak, ish jiddiy. Bu ishni shaxsan o'z nazorati ostiga olgan Mirabror Zufarovichga saytimizning juda ko'plab o'quvchilari nomidan rahmat aytamiz va u kishining mazkur qarorini qo'llab-quvvatlagan holda O'FFga yordam beramiz. Saytimiz butun jamoa bo'lib o'zbek futbolini orqaga tortayotgan, shaxsiy manfaati va cho'ntagi yo'lida millionlab yurtdoshlarimiz ishonchini suistemol qilayotganlarga qarshi kurash olib boradi. Bu ishda futbol OAVdagi barcha-barcha bahamjihatlikda ishlaymiz degan umiddamiz.
Nima uchun yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlarida muvaffaqiyat qozonyapmiz, nima uchun jahon chempionatlarida ishtirok etyapmiz? Hech o'ylab ko'rdingizmi? Bolalar futbolida “uchga uch” degan narsa yo'q. Hakamlar ham o'yinni o'ldirishmaydi. Totalizatorda bolalar futbolining natijasiga pul tika olmaysiz. Mana shuning uchun ulardan sog'lom raqobatga ega jamoa tuzyapmiz va JCHlarda munosib ishtirok etyapmiz. Ammo bazi musobaqalarga sayyohlar ketishyapti. Munosiblar qolib murabbiy bilan ilq munosabatda bo'lganlar hech bo'lmasa muzqaymoq eb kelishyapti. Bunga ham qarshi kurash boshlandi. Murabbiylarga maslahatim, kichik summalarga uchmang, o'yiningiz yaxshi bo'lsa, u yog'iga hukumatimiz bir necha marotaba isbotlab berdi. O'zbekistonda xizmat qilgan hech qachon kam bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Qo'sha-qo'sha avtomobillar... halolingiz bo'lsin. Endi faqat va faqat Vatan uchun, bayrog'imizning imkon qadar uzoq va balandroq hilpiratish yo'lida jon berib ishlashimiz kerak. Yana bir bor takidlayman, futbolda harchand chap bermang, bu erda halollik ustuvor.
Milliy terma jamoamizni JCHga chiqa olmaganida asosiy aybdor sifatida na murabbiy, na futbolchini ko'rsatdim. Unga sabab qilib oliy ligamizda bo'layotgan ishlar deganimda meni ayblagan mutaxassislar ham bo'ldi. MTJ bilan oliy ligani almashtirma degan donolar bo'ldi. Ammo ichki chempionatimizga halollikni qaytarmas ekanmiz, biz JCHga avvalo halollik bobida noloyiq bo'lib qolaveramiz. Aslida hukumat tomonidan ajratilayotgan pullarni mahalliy kadrlar, yoshlarning tarbiyasiga ishlatish o'rniga, umuman bizga foydasi tegmayotgan legionerlarga sarf qilayotganlarni deb JCHga chiqa olmadik. Braziliya yashil maydonlarida bo'lib o'tadigan mundialda biznikilar ishtirok etmaydi, bunga sabab o'yinlarni o'yindan avval kelishib qo'yadigan murabbiylar aybdor. CHo'ntagimga pul tushsin deb muxlis qalbini totalizatorga almashtirayotganlar uyalsin. Puli yo'q jamoani maydonda bitta hushtagi bilan “o'ldirayotgan” hakamlarning vijdoni qiynalsin, katta forumsiz qolganimizga. Muxlis uchun halol va shiddatli futbolni qaytarishga majbursiz!
Xullas, gapirsa gap ko'p. Lekin chuqurlashmaymiz. Bu maqolani juda ko'pchilik o'qiyapti. Hakamlar ham, nazoratchilar va futbolchilar ham. O'sha o'yinlarda ishtirok etgan murabbiylardan tortib rahbarlargacha. Iltimos, futbolimizni botqoqqa tiqmang. SHuncha yillar davomida qilgan ishlaringiz etar. Yurtimizda Sizlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni suistemol qilmang. SHu yillar davomida qilingan ishlarni tarix deylik. Ammo bu ishlarni endi kelajakda qilmangiz. Hech bo'lmasa 2 yil nafsingizni tiying, biz JCHga chiqib olaylik. Keyin ko'rasiz, o'zingizga ham yoqadi bu. Yomon narsaga odatlangan kishi ishonavering, yaxshilikka ham o'rganadi. Muxlislarning haqqi hurmati, JCHga termulib o'tirgan etmishboy, saksonboy bobolarimiz hurmati kelinglar, shular JCHni ko'rsinlar. Ularga armon bo'lmasin. Do'st bo'lib yashaylik, do'st bo'lib ishlaylik. Halol bo'lib, o'zimizdan yaxshi nom qoldiraylik.
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar