Lamela: "Tottenxem" yaxshiroq o'yin ko'rsatishi mumkin"
21 sen 2018 11:49
Yangiliklar
Lamela: "Tottenxem" yaxshiroq o'yin ko'rsatishi mumkin"
"Tottenxem" yarim himoyachisi Erik Lamela klub yana g'alaba qozonishni boshlashiga ishonadi.
"SHporlar" so'nggi 3ta uchrashuvning barchasida mag'lubiyatga uchradi.
"Men bu jamoaga ishonaman, bundanda yaxshiroq o'ynashga qodirmiz, buni hamma biladi. Hozir og'ir damlarni boshimizdan o'tkazyapmiz, ammo g'alabalar payti keladi. So'nggi omadsizliklardan so'ng o'zgarishlar qilish kerak, biz saviyamizga mos o'ynamadik. Qachon va qaerda nimani o'zgartirish kerakligini bilish lozim.
To'g'risini aytsam, biz "Inter" bilan bahsdagi mag'lubiyatga munosibligimizni bilmayman, ammo kiyinish xonasidagi kayfiyat yomon edi. Endi boshqa uchrashuvlar haqda o'ylashimiz lozim. SHanba kuni "Brayton"ga qarshi o'ynaymiz" - deydi Lamela.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar