LaLiga. "Vilyarreal" – "Real" uchrashuvida jangovar durang, dubl qayd etgan futbolchi chetlatildi
02 sen 2019 01:54
Yangiliklar


LaLiga. "Vilyarreal" – "Real" uchrashuvida jangovar durang, dubl qayd etgan futbolchi chetlatildi
Ushbu murosasiz bahsda g'olib nomi aniqlanmadi.
Villarreal Gerard Moreno - 12', Moi Gomez - 74' |
LaLiga . 3-tur 02/09/2019, 01:00 2
:
2
Tugadi
|
Real Madrid Gareth Bale - 45', Gareth Bale - 86' |
Stadion: Estadio de la Ceramica, 19753 tomoshabin
Bosh hakam: Jesus Gil
Vilyarreal – Real Madrid 2:2
2 sentyabr, 00.00, «Estadio de la Seramika»
Gollar: 11, Moreno — 1:0, 45+1', Beyl — 1:1, 73, Gomes — 2:1, 86, Beyl — 2:2.
Vilyarreal – Fernandes, Mario Gaspar, Albiol, Kintilya, Pau Torres, CHukvueze (56, Ortivieros), Moyses Gomes, Iborra, Kasorla (73, Bakka), Jerar Moreno, Toko-Ekambi (62, Anguissa).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Ramos, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Kroos (83, Valverde), Beyl, Benzema, Yovich (68, Modrich).
Ogohlantirishlar: Kintilya (52), Beyl (90+2), (90+3).
CHetlatish: Beyl (90+3).
ISPANIYA CHEMPIONATI TURNIR JADVALI
#UCHRASHUV_YAKUNLANDI
90+3. Beyl ikkinchi marta sariq kartochka olib maydondan chetlatildi.
90+2. Beyl juda qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.
90. Klimansano ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi.
86. GOL! Beyl ushbu bahsda dublni rasmiylashtirmoqda. Robben uslubida zarba (assist: Modrich) va yaqin burchakni Fernandes yopa olmadi. Natijada hisob tenglashdi. Etiborlisi, qatorasiga 3-o'yin 2:2 hisoyuiga qarab ketmoqda. Mazkur qarama-qarshilikda avvalgi ikki o'yin ham jangovar durang bilan tugagan. GOL>>>>VIDEO
83. O'zgarish. Kroos o'rniga Valverde tushirildi.
82. Mezbonlarning ikkinchi gol muallifi Moi Gomes Serxio Ramo bilan to'qnashib ketdi va yordamga muhtoj holatda maydoda yotibdi.
73. O'zgarish. Santi Kasorla o'rniga kolumbiyalik hujumchi Karlos Bakka maydonga tushdi. Mezbonlar hujum chizig'ini kuchaytirishdi VA GOLLLLL URISHDI! MOI GOMES jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. GOL TELEGRAM KANALIMIZGA JOYLANDI
68. O'zgarish. Yovich o'rniga Modrich tushdi. Serbiyalik forvard bugungi o'yinda ijobiy taassurot qoldirdi. Ushbu almashish orqali "Real" endi 4-3-3 sxemasida o'ynaydi. Beyl, Benzema, Vaskes triosi.
67. Ramos bugun hujumchiga aylanib ketadi shekilli. Juda qo'p hujumlarda faol harakat qilmoqda.
62. O'zgarish. Toko-Ekambi o'rniga Anguissa tushirildi.
57. Kroosning yaqin burchakka pastlatib bergan zarbasini Fernandes oyoqlari bilan qaytardi. Bu hujum juda ajoyib tashkil etildi. Benzema o'ng qanotdan to'pni markazga tashladi, Yovich va himoyachilar tegib, Kroosga kelib tushgan to'p darvoza to'ridan joy lishi mumkin edi. Darvozabon bunga qarshilik ko'rsatdi. "Real" asta-sekin o'z so'zini aytishni boshladi. Vaziyatlardan foydalanish koefficienti esa ularda yuqori bo'lganida, hisob yiriklashib ketishi mumkin edi.
56. O'zgarish. CHukvueze o'rniga Otivieros tushdi.
52. Ogohlantirish. "Vilyarreal" azosi Kintilya Vaskesni ushlab qolgani uchun hakam tomonidan "mukofotlandi".
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Birinchi taymda umuman ustunlik Zidan jamoasida bo'ldi. Tezkor gol hisobiga "Vilyarreal" asosan himoyaga yotib oldi. Keyin "Real"ning tinimsiz uyushtirgan mazmunli hujumlari bo'lim so'ngida samarasini berdi.
#tanaffus
45+1. GOL! Yovichdan zargarona pas va Karvaxalning uzatmasidan so'ng Beyl bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi — 1:1. AJOYIB HUJUM VA GOL>>>>video
45. "Real 2-3 uzatma bilan tezkor hujumga o'tib ketdi va chap qanotdan markaz tomon yurish qilgan Benzemaning hal qiluvchi zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Hisob o'zgarmadi - 1:0.
41. To'p nazorati. "Vilyarreal" tomonida kichik ustunlik (%) 52-48. Ammo, Hujumlar yomg'iri asosan mehmonlar tomonidan uyushtirilyapti.
37. FAKT. Kurtua ketma-ket 11-o'yinda ham gol o'tkazib yubormoqda (15 ta gol jami). O'zining quruq o'yinsiz eng uzun seriyasi (LaLiga+APL). Manba: Opta Jose
35. Vaskes tomonidan yo'llangan zarbaga aniqlik etishmadi. Benzema to'pga ulgurmadi, Vaskesning to'xtatmasdan bergan zarbasini muxlislar gol deb yuborishdi. To'p esa darvoza to'rining yon qismiga tekkan edi.
33. Bu safar "Real" sardori va etakchisi Serxio Ramos o'z omadini sinab ko'rdi. Kroosning burchakdan etkazgan to'pini ispaniyalik himoyachi darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi va navbatdagi imkoniyat ham ko'kka sovurildi.
30. Beyl chap qanotdan hujumga o'tdi va jarima maydonchasi markazi tashqarisida turgan Toni Kroosga to'pni uzatdi. Germaniyalik yarim himoyachi chap oyog'ida kuchli, ammo aniq bo'lmagan zarba muallifigay aylandi. Hozircha realchilar mo'ljalni to'g'ri ola bilishmayapti.
25. Luka Yovich bir himoyachini aldab o'tdi va chap oyoqda zarba berdi. Dastlabki zarba muvaffaqiyatli chiqmadi, o'xshamadi deyish mumkin.
21-daqiqada Garet Beyl 18 metrlar atrofida jarima zarbasini amalga oshirdi. Biroz noaniq. To'p darvaoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. Umuman olganda, "Vilyarreal"ning birinchi bo'lib gol urishi, Zidanning rejalarini o'zgartirib yuborgan bo'lishi mumkin. O'yin davom etmoqda. Kuzatamiz!
11. GOL! Uchrashuvning 11-daqiqasida Moreno Tibo Kurtuadan qaytgan to'pni darvaozaga joylab qo'ydi. Hisob ochildi! "Sariq suvosti kemasi" oldinga chiqib oldi. GOLni TELEGRAM kanalimizdan topishingiz va "Real"ning qaysi futbolchisi bu vaziyatda xatoga yo'l qo'yganini to'liq ko'rib olishingiz mumkin.
10. Dastlabki dekadada mehmonlar ikki, mezbon jamoa vakillari bitta xavfli vaziyat yaratishdi.
5. Turnir jadvaliga nazar solsak, "Real"ning hisobida ikki o'yindan so'ng 4 ochko mavjud, Vilyarreal 1 ochko bilan 17-o'rinda. LaLiganing ayni paytdagi peshqadam va maksimal ochko jamg'argan klub - bu Madridning "Atletiko" jamoasi. Biroz avval tugagan o'yinda Simeone shogirdlari "super kambek"ni amalga oshirishdi >>>> BATAFSIL
2. Bugungi o'yinga Zinedin Zidan 2 nafar markaziy hujumchisini tushirishga qaror qilgan. Luka Yovich va Karim Benzema tandemiga qaqnotlarda — Garet Beyl va Lukas Vaskeslar yordam berishadi. CHap qanot himoyasida Ferlan Mendi o'ynamoqda. Qolgan poziciyalarda deyarli o'zgarish yo'q. (Modrich bundan mustasno).
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
Vilyarreal – Real Madrid 2:2
2 sentyabr, 00.00, «Estadio de la Seramika»
Gollar: 11, Moreno — 1:0, 45+1', Beyl — 1:1, 73, Gomes — 2:1, 86, Beyl — 2:2.
Vilyarreal – Fernandes, Mario Gaspar, Albiol, Kintilya, Pau Torres, CHukvueze (56, Ortivieros), Moyses Gomes, Iborra, Kasorla (73, Bakka), Jerar Moreno, Toko-Ekambi (62, Anguissa).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Ramos, Mendi, Varan, Vaskes, Kazemiro, Kroos (83, Valverde), Beyl, Benzema, Yovich (68, Modrich).
Ogohlantirishlar: Kintilya (52), Beyl (90+2), (90+3).
CHetlatish: Beyl (90+3).
O’xshash yangiliklar

Fikrlar