LaLiga prezidenti: "Suares jazolanadi"

Aslanov Jasurbek
27 fev 2018, 17:38
LaLiga prezidenti Xaver Tebasning so'zlariga ko'ra, "Barselona" hujumchisi Luis Suares "Jirona"ga qarshi Ispaniya chempionatining 25-turdagi harakati uchun diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

Urugvaylik forvardi Kataloniya derbisida "Las-Palmas" bilan o'yinni o'tkazib yuborib, "Atletiko" bilan muhim bahsda ishtirok etish uchun sariq kartochka olmoqchi bo'ldi, ammo hakam uni ogohlantirmadi.

"Luis Suares jazolanadi, u atayin beshinchi sariq kartochkani olishga urindi. Bu yo'l bilan u Madrid klubiga qarshi bo'ladigan bahsga "tozalanib" olmoqchi bo'ldi" - deydi Tebas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net