LaLiga prezidenti Ispaniya chempionatidagi holatdan norozi

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2018, 16:35
LaLiga prezidenti Xaver Tebas Ispaniya chempionatidagi raqobat darajasi haqida fikr bildirdi.

"Agar chempionatda "Barselona" yoki "Real" g'olib bo'lsa, xavotir olmayman. Chempion mavsumni 100 ochko bilan yakunlasa havotirlanaman. 20ta klub o'ynaydigan chempionatda birinchi o'rinni egallagan jamoa mavsumni 80-85 ochko bilan yakunlashi kerak. Bahslar natijasini oldindan aytib berishning iloji bo'lmasligi kerak" - deydi Tebas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Express